Latifa matni:
Bir kishining uyida suv jo`mragi ishdan chiqib, chilangar chaqirtiribdi. U odamning yosh va go`zal qizi bor ekan.
Ishlab o`tirgan chilangarning yoniga qiz kelib:
— Agar otam sharob bersa, ichmang! Pul bersa ham ola ko`rmang! Faqat chekishga bir dona sigaret so`rang, - debdi jilmayib, nozlanib.
Laqma usta ishlarini tugatgach, qiz aytganidek, bitta dona sigaretni chekibdi-da, ketibdi.
Xursand bo`lgan otasi esa qiziga qarab:
— Barakalla dono qizim! Keyingi hafta bo`yoqchilarni chaqiraman, - debdi.