Bo`limlar
Latifalar
— Do`stim, restoranda bepul ovqatlanish yo`lini topdim!
— Qanday yo`l ekan?
— Hashamatli biror restoranning yopilishiga ozgina vaqt qolganida kiramiz. Istaganimizcha taom buyurtma berib, ovqatlana boshlaymiz. Ish vaqti tugab, ofitsiantlar birin-ketin uyga keta boshlashadi. Oxirgi qolgan ofitsiant bizdan pulni so`rasa, biz uni sherigi pulni olganini aytamiz.
— Zo`r-ku, qoyil. ketdik.
Restoranda ofitsiant:
— Kech bo`lib qoldi. Restoran yopiladi. Marhamat qilib hisob-kitob qilsangiz...
— Iye, biz boshqa ofitsiantga pulini allaqachon to`lab bo`lganmiz. Qaytimini berasizlarmi, yo`qmi?

Er xotini bilan hazillashmoqchi bo`lib debdi:
— Azizam, senga bir sirni ochishim kerak!
— Nima sir ekan?
— Meni kechira olasanmi?
— Ichimni qizdirmasdan, ayting tezroq!
— Bizni qizimiz seni farzanding emas...

Avtotest bitiruvchisi, chiroyli bir qiz kasalxonada:
— Ayting-chi doktor, ahvoli qalay?
— Juda yomon. Yuragi infarkt bo`lgan. Qo`l va oyoqlari singan. Agar gapingiz bo`lsa, ayting! Men yetkazib qo`yaman.
— Unda so`rangchi, haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o`tibmanmi?

Poyezdda ketayotgan yo`lovchi ehtiyotsizlik qilib, kupe eshigini qattiq yopib yuborgan ekan, soqov yo`lovchining qo`lini siqib qo`yibdi.
Natijada esa, soqov odam:
— Voy dod!, - deb baqirib yuboribdi ...
Natijada esa, soqov odam:
— Voy dod!, - deb baqirib yuboribdi ...
Bir tadbirkor o`zi ochgan xususiy firma eshigi yonida mijoz kutib o`tirsa, uzoqdan u tomonga kelayotgan yigitni ko`rib qolibdi. Tadbirkor uni mijoz deb o`ylabdi-da, yugurib borib telefon go`shagini olib:
— Yo`q, yo`q! Bugun aslo iloji yo`q! Ishlarimiz juda-yam ko`p. Ertaga ham, indinga ham bandmiz. Keyingi hafta xabar oling! Navbatga yozib qo`yaman, - deb gapira ketibdi.
Boyagi yigit esa tadbirkorga qarab turib:
— Telefon ustasi chaqirganmidingiz? Tarmoq ishlamayotgan ekan, tuzatishga kelgandim, - debdi.

— Ertalab uyg`onganingda sendan maktab, institut yoki ish? Qaysi biriga borishni xohlashingni so`rashsa, sen nima degan bo`larding.
— Men bog`chaga degan bo`lardim.
— Men bog`chaga degan bo`lardim.
Bir kishi har doim do`kondan 200 gramm go`sht olarkan. Sotuvchi ham uni ko`rinishi bilan 200 gramm go`shtni tayyorlab qo`yarkan.
Bir kuni u yana o`sha do`konga kelib:
— Ikki kilogramm go`sht bering, - debdi.
Sotuvchi hayron bo`lib:
— To`y qilyapsizmi deyman, — dermish.

Xotin eriga:
— Azizim, qahvangiz achchiqroq bo`lsinmi?
Eri:
— Ha, gap-so`zing kabi achchiq bo`lsin!
— Voy, umuman suv qo`shmas ekanmanda-a?!

Bir kishi bog`iga kirsa, bir to`da bolalar daraxtga chiqib olib meva terayotgan ekan:
— Hoy bolalar, qani tez tushinglar-chi! Bo`lmasa dadalaringa aytib beraman, - desa, bolalar:
— Hechqisi yo`q. Dadamiz bizni urishmaydilar! Chunki dadamizning o`zlari narigi shohda o`tiribdilar, - dermish.

— Nima deb o`ylaysan? Xitoyliklar tinchliksevar xalqmi?
— Esing joyidami? Otib tashlashadi hammani! Miltiqda nishonga olish uchun ko`zlarini yumib, tayyor bo`lib turishibdi-ku!