Bo`limlar
Latifalar
Qaynona kelinidan so`rabdi:
— Lag`mon cho`zishni bilasizmi kelinposhsha?
— Ha, bilaman oyijon!
— Lag`monlaringiz ingichka va mazali bo`lishi uchun sizga nima kerak?
— Oyog`imni tagida hech kim o`ralashmasligi kerak!

Bir otaning noshud o`g`li bor ekan. Nuqul aytilgan ishni teskari bajararkan.
Kunlarning birida ota-bola eshakda bir qop un olib, ko`prikdan o`tayotishsa, un eshakni ustidan tushib qolibdi. Shunda otasi:
— O`g`lim qopni suvga tashlab yubor, - desa, o`g`li ariqqa unni tashlabdi. Otasi:
— Sen nuqul aytganimni teskarisini qilar eding-ku?!, - debdi. O`g`li esa:
— Ha endi, bir martta aytganingizni qilay dedim-da, ada, - dermish.

Kichkina bolakay:
— Oyijon qornim ochdi? Oyijon chanqadim! Oyijon o`yinchog`im qani? Oyijon uxlating! Oyijon ..., - deyaveribdi.
Televizor ko`rib yotgan adasi esa:
— Yaxshi-yam oyijon emas ekanman, - dermish.

— Manavi dorilarni olib qo`ying.
— Voy, achchiqligini. Qanday dori edi o`zi?
— Suvarakka qarshi...!

Millionlab insonlar telefon naushniklarini simi chigal bo`laverishidan aziyat chekadi.
Shuning uchun Apple kompaniyasi Iphone7 uchun simsiz naushniklarni ishlab chiqardi. Endi ular chigal bo`lmaydi — shunchaki yo`qolib qoladi.

— Men fermerman. Yetti mingta qo`y boqaman. U ham yetmagandek, o`g`lim Toshkentda o`qiydi. Uni domlasini-yam qo`shib boqaman.
Militsiyaga bir mast kishi qo`ng`iroq qilibdi:
— Allo, bu militsiyami? Mening mototsiklimni rulini, benzin bakini, farasini o`g`irlab ketishibdi.
— Hozir yetib boramiz.
Birozdan so`ng yana qo`ng`iroq qilib:
— Hammasi joyida ekan. Men mototsiklimda teskari o`tirib olibman.

Afandini o`g`li maktabga boribdi. O`qituvchisi unga savol beribdi:
— Birov senga olma bersa nima unga deysan?
— Olma yuvilganmi deyman, ustoz, - javob beribdi bola.

Vrach bemorga:
— Sizni operatsiya qilishdimi?
— Ha.
— Xo`sh qalay?
— Uch yuz ming!
— Meni tushunmadingiz. Sizda o`zi nima edi?
— O`zi yuz ming pulim bor edi.
— Aniqrog`i, nimaga shikoyatingiz bor?
— Kasalxona to`lovi juda-yam qimmat...

Komandir safdagi askarlarga:
— Orangizda kim dushman tarafga yashirincha borib, hujum rejasini bilib kela oladi?, - debdi.
Safdan bir gruzin askar chiqib:
— Men boraman, - debdi.
— Yaxshi, - debdi komandir, — Biz senga uchta granata va boshingga bitta kaska beramiz.
— Menga aksincha, bitta granata va uchta kaska beraqoling, - deb askar dushman tomonga ketibdi.
Oradan bir soat o`tibdi, ikki soat o`tibdi ... Gruzin askardan xabar yo`q emish. Komandir bitta askarni ortidan jo`natib, — Qarab kel-chi, nima gap ekan, - deb yuboribdi.
Xabar olishga ketgan askar qaytib kelib komandirga:
— Anavi gruzin safdoshimiz dushmanlarni o`rtasiga o`tirib olib, "Top-chi granata qaysi kaskani tagida! Topa olmading. O`rtadagi kaskani tagida ham emas. Yana o`n ming pul va hujum rejasini ber buyoqqa" deb o`ynab o`tiribdi, - dermish.