Latifa matni:
Bir kishi bog`iga kirsa, bir to`da bolalar daraxtga chiqib olib meva terayotgan ekan:
— Hoy bolalar, qani tez tushinglar-chi! Bo`lmasa dadalaringa aytib beraman, - desa, bolalar:
— Hechqisi yo`q. Dadamiz bizni urishmaydilar! Chunki dadamizning o`zlari narigi shohda o`tiribdilar, - dermish.