Latifa matni:
— Do`stim, restoranda bepul ovqatlanish yo`lini topdim!
— Qanday yo`l ekan?
— Hashamatli biror restoranning yopilishiga ozgina vaqt qolganida kiramiz. Istaganimizcha taom buyurtma berib, ovqatlana boshlaymiz. Ish vaqti tugab, ofitsiantlar birin-ketin uyga keta boshlashadi. Oxirgi qolgan ofitsiant bizdan pulni so`rasa, biz uni sherigi pulni olganini aytamiz.
— Zo`r-ku, qoyil. ketdik.
Restoranda ofitsiant:
— Kech bo`lib qoldi. Restoran yopiladi. Marhamat qilib hisob-kitob qilsangiz...
— Iye, biz boshqa ofitsiantga pulini allaqachon to`lab bo`lganmiz. Qaytimini berasizlarmi, yo`qmi?