Bo`limlar
Latifalar
Ota-onalar majlisida maktab direktori:
— Hurmatli ota-onalar! Sizlardan iltimos, qizlaringizni “O`qishga kira olmasang, erga berib yuboraman” deb qo`rqitmanglar! Bilgan savollariga ham noto`g`ri javob berishmoqda.

— Sizning pul to`plash imkoniyatingiz bormi?
— Imkoniyatim bor, lekin pulim yo`q-da ...

— Eshitdingmi? Doniyor mashina olibdi!
— O, zo`r-ku! Qanakasidan?
— «D» harfidan boshlanadiganidan.
— «Damas»mi?
— Yo`q.
— «Dogan»mi?
— Yo`q. Dab-dalasidan! Besh martta urilgan.

Ikki dugona suhbatidan:
— Hayotingda biror erkakni ko`rganingda, badaning jimirlab ketganmi?
— Ha, kuni-kecha shunaqasi bilan uchrashdim.
— Kim ekan u?
— Stomatolog yigit ...

Tungi qorovul rahbarga qarab:
— Xo`jayin, men ikki kunlik navbatchiligimni ishlab bo`ldim, - debdi.
— Qanday qilib, - hayron bo`lib so`rabdi boshliq.
— Bugun tunda uxlab qolibman, hech kim uyg`otmabdi-yam..., - dermish qorovul.

Xotin eriga:
— Pulingiz bormi?
— Yo`q, qolmadi.
— Agar topsam-chi?
— Sendan juda-yam minnatdor bo`lardim!
— Pulingiz bormi?
— Yo`q, qolmadi.
— Agar topsam-chi?
— Sendan juda-yam minnatdor bo`lardim!
Afandi o`g`li bilan ketayotsa, yonidan bir kal kishi o`tib qolibdi. O`g`li afandiga qarab:
— Dada qarang, anavi amaki kal ekan, - desa, afandi:
— Sekinroq gapir, eshitib qoladi, - debdi.
Shunda o`g`li:
— Nima dada, u amaki kalligini o`zi bilmaydimi?, - dermish.

Ishchi kassa yonida:
— Maoshimni "son" bilan yozaymi "so`z" bilan-mi?
— Qancha olyapsiz?
— 250 ming so`m.
— Unday bo`lsa, ko`z yoshlar bilan yozing!

Er-xotin gaplashib o`tirishsa, telefon jiringlab qolibdi.
Er:
— Agar meni so`rashsa, uyda yo`qlar deb aytgin, - debdi.
Xotin borib telefon go`shagini ko`tarib:
— Allo, yo`q, erim uydalar, debdi.
Eri jahli chiqib:
— Ahmoq, meni uyda yo`q, deb aytgin dedim-ku senga, - desa, xotin bamaylixotir dermish:
— Nega jahl qilasiz? Axir telefon sizga bo`lmadiku, - dermish.

Maktabda o`qib yurganimda dam olish kunlarini orziqib kutardim. Yakshanba — dam olardim.
Institutda o`qigan paytimda menga baribir edi. Chunki faqat sessiya vaqtida o`qirdim.
Hozir menga umuman farqi yo`q. Chunki bir yilda 365 kun ishlayman.