Latifa matni:
Er-xotin gaplashib o`tirishsa, telefon jiringlab qolibdi.
Er:
— Agar meni so`rashsa, uyda yo`qlar deb aytgin, - debdi.
Xotin borib telefon go`shagini ko`tarib:
— Allo, yo`q, erim uydalar, debdi.
Eri jahli chiqib:
— Ahmoq, meni uyda yo`q, deb aytgin dedim-ku senga, - desa, xotin bamaylixotir dermish:
— Nega jahl qilasiz? Axir telefon sizga bo`lmadiku, - dermish.