Bo`limlar
Latifalar
— Adasi, ancha sovuq tushib qoldi. Bolalarni kiyintirish kerak! Qachon bozorga olib borasiz?
— Kecha hisoblab ko`rdim. Bolalarni issiq o`lkalarga uch oyga yuborsak arzonroq tusharkan, xotin...

Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to`xtabdi-da:
— O`tir olib borib qo`yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo`laman?
— Yaxshi harbiy bo`lasan.
Bolakay yana so`radi
— Agar otam o`qituvchi, onam esa bog`cha tarbiyachisi bo`lsa, men kim bo`laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo`lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o`girilibdi-da:
— Agar otang bema’ni, aroqxo`r, qimorboz bo`lsa, onang betayin buzuqi bo`lsa, sen kim bo`lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo`laman, - degan ekan.

Aka-singil karamli salat yeb o`tirishgan ekan akasi:
— Singlim, echkiga o`xshab o`tirishimizzi qara! - desa, singlisi:
— Siz balki echkiga o`xshab ketyapsiz, men quyonchaman! - dermish.

Asabiylashgan bemor vrachdan so`rabdi:
— Rentgen tasviri necha pul turadi?
— Oddiy tasvirmi?, - debdi vrach.
— Yo`q, yelkamda maymun bolasi, orqamda esa qora dengiz, ustida chayka qushlari uchib yurgan ko`rinishi qancha bo`ladi?! - dermish.

Xotin eriga debdi:
— Adasi haydovchilik guvohnomasiga o`qisam degandim. Menga mashina olib berardingiz... Qarindoshlarnikiga borardik.
Eri:
— Sen mashina haydasang, qarindoshlarni ko`ra olmaymizmi deb qo`rqaman, xotin...!

Bir kuni afandi baliq oviga boribdi.
Havo aynib, sovib ketibdi. Shunda afandi baliq to`riga o`ranvolib, — baribir sovuq-da..., - dermish.

Maktabdan qaytgan qizidan otasi so`rabdi:
— Ho`sh qizim, maktabingda nima yangiliklar?
Qizi:
— Maktabimiz yonidagi somsaxonada narxlar oshibdi ada...

Bir kuni Moskvadan Afrikaga uchayotgan samolyot jungli o`rmonlariga qulab tushibdi. Samolyot ichidagi odamlar hayron, hamma yokda turli xil hayvonlar...
Shunda bitta mahluq kelib samolyot ichiga qarab:
— Ayollarni yeyman, erkaklarni olib qolaman. Ular menga ovqat pishirib, kiyimlarimni yuvishadi, - debdi.
Shunda bir ayol o`rnidan turib:
— Iltimos, bizni yemang, axir bunday ishlarni ayollar qilishadi-ku..., - desa, samolyot oxirida o`tirgan barzangi erkak o`rnidan turib:
— Hoy nodon ayol nimalar deyapsan?! Mahluq akamni o`zi biladi nima qilishni, - dermish

Ishga kirish uchun suhbatdan o`tayotgan yigitdan:
— Avval juda yaxshi joyda ishlagan ekansiz. Ayting-chi, nega bo`shagansiz? - deb so`rashsa, yigit:
— Siz o`zingiz ayting-chi, avvalgi ishchingiz nega bo`shab ketgan?

Shifoxonada:
— Jag`ingiz qanday sindi?
— Ishda jarohat oldim.
— Uch joyidan sinibdi-ya o`ziyam. Nima ish qilasiz?
— Ekskavatorchiman. Kecha ishdan qaytayotsam, yo`ldagi kanalizatsiya qopqog`i ochilib yotgan ekan. Birortasi tushib ketmasin deb, ekskavator cho`michini tuynukka qo`yib, uyga kirib ketdim. Ertalab kelib cho`michni ko`tarsam, kanalizatsiyadan uchta santexnik chiqib kelishdi...