Latifa matni:
Shifoxonada:
— Jag`ingiz qanday sindi?
— Ishda jarohat oldim.
— Uch joyidan sinibdi-ya o`ziyam. Nima ish qilasiz?
— Ekskavatorchiman. Kecha ishdan qaytayotsam, yo`ldagi kanalizatsiya qopqog`i ochilib yotgan ekan. Birortasi tushib ketmasin deb, ekskavator cho`michini tuynukka qo`yib, uyga kirib ketdim. Ertalab kelib cho`michni ko`tarsam, kanalizatsiyadan uchta santexnik chiqib kelishdi...