Latifa matni:
Bir kuni Moskvadan Afrikaga uchayotgan samolyot jungli o`rmonlariga qulab tushibdi. Samolyot ichidagi odamlar hayron, hamma yokda turli xil hayvonlar...
Shunda bitta mahluq kelib samolyot ichiga qarab:
— Ayollarni yeyman, erkaklarni olib qolaman. Ular menga ovqat pishirib, kiyimlarimni yuvishadi, - debdi.
Shunda bir ayol o`rnidan turib:
— Iltimos, bizni yemang, axir bunday ishlarni ayollar qilishadi-ku..., - desa, samolyot oxirida o`tirgan barzangi erkak o`rnidan turib:
— Hoy nodon ayol nimalar deyapsan?! Mahluq akamni o`zi biladi nima qilishni, - dermish