Bir bolakay maktabga
Latifa matni:
Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to`xtabdi-da:
— O`tir olib borib qo`yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo`laman?
— Yaxshi harbiy bo`lasan.
Bolakay yana so`radi
— Agar otam o`qituvchi, onam esa bog`cha tarbiyachisi bo`lsa, men kim bo`laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo`lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o`girilibdi-da:
— Agar otang bema’ni, aroqxo`r, qimorboz bo`lsa, onang betayin buzuqi bo`lsa, sen kim bo`lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo`laman, - degan ekan.