Bo`limlar
Latifalar
Bir kuni Furqat degan yigit do`sti Rahmatga debdi:
— Kel, koreyslarga o`xshab ismimizni oxiriga "li" qo`yib chaqiramiz.
Rahmat:
— Bo`lmaydi...
— Nega?
— Men Rahmatli bo`lib qolaman, - degan ekan.
— Kel, koreyslarga o`xshab ismimizni oxiriga "li" qo`yib chaqiramiz.
Rahmat:
— Bo`lmaydi...
— Nega?
— Men Rahmatli bo`lib qolaman, - degan ekan.
Sevgan qizim bilan Skaypda gaplashib o`tiribman. U bir daqiqaga turib ketgandi, monitorda otasi ko`rinib qoldi:
— Assalomu alaykum, - desam, adasi yon-atrofga qarab:
— Yo tavba, kim u??? - deydi...
— Assalomu alaykum, - desam, adasi yon-atrofga qarab:
— Yo tavba, kim u??? - deydi...
Bir odam uyini balkoniga chiqib, shaharni tomosha qilib tursa, qafasdagi to`tisi:
— Hoy anqov, tentak, - debdi.
Egasini kayfiyati tushib, ichkariga kirib ketibdi. Ertasiga yana shu ahvol ...
To`tisini jazolamoqchi bo`lib, qafasni ustini yopib qo`yibdi.
Ikki kundan keyin ochib qarasa, to`tisiga hech narsa qilmabdi. U yana egasiga qarab:
— Sani tentak desam, g`irt maraz ekansan-ku, - dermish.

Erta tongda uyiga qaytgan eriga eshik ochgan xotini:
— Ha, nega keldingiz? - debdi.
Eri bo`lsa o`zini yo`qotib:
— Nonushta qilgani..., - dermish.
— Ha, nega keldingiz? - debdi.
Eri bo`lsa o`zini yo`qotib:
— Nonushta qilgani..., - dermish.
Militsiyaga bir erkak qo`ng`iroq qilyapti:
— Allo, militsiya, xotinim yo`qolib qoldi!
— Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz?
— Do`konga deb chiqib ketgandi...
— Xotiningizni belgilari: Bo`yi? Soch rangi?
— Bilmayman, bo`yini o`lchab ko`rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo`q!
— Ko`zini rangi-chi?
— Hecham ahamiyat bermaganman.
— Qanday kiyimda edi?
— Bilmayman ...
— Mashinada ketganmidi?
— Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o`rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o`rnatilgan, salonga monitor ham o`rnatib bergan edim, - deb yig`lab yuboribdi.
— Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz!

— Ada ayting-chi, bir million, bu ko`pmi yoki kam?
— O`g`lim, buncha pulni ishlab topmoqchimisan yoki sarflamoqchimisan? Shunga bog`liq!
— O`g`lim, buncha pulni ishlab topmoqchimisan yoki sarflamoqchimisan? Shunga bog`liq!
O`qituvchi o`quvchisidan so`rabdi:
— «Qand» so`zini qo`shib bir gap tuz-chi!
— «Ertalab qahva ichdim».
— Bu gapda «qand» so`zi yo`q-ku?
— Qand qahvaning ichida erib ketgan-da!
— «Qand» so`zini qo`shib bir gap tuz-chi!
— «Ertalab qahva ichdim».
— Bu gapda «qand» so`zi yo`q-ku?
— Qand qahvaning ichida erib ketgan-da!
Buvisi nabirasidan so`rabdi:
— Namuncha ko`p suv ichyapsan?
— Olma yegandim.
— Xo`sh, nima bo`pti?
— Uni yuvmasdan yegandim...
— Namuncha ko`p suv ichyapsan?
— Olma yegandim.
— Xo`sh, nima bo`pti?
— Uni yuvmasdan yegandim...
Afandi ko`chada ketayotsa, do`sti so`rabdi:
— Ha, afandi, yo`l bo`lsin?
— Tabibga ketyapman, - javob berdi Afandi.
— Soppa-sog`siz-ku, axir?
— E, birodar, navbat kelguncha kasal bo`laman-da!
— Ha, afandi, yo`l bo`lsin?
— Tabibga ketyapman, - javob berdi Afandi.
— Soppa-sog`siz-ku, axir?
— E, birodar, navbat kelguncha kasal bo`laman-da!
Besh yoshli qizaloq xonani burchagida turib, onasiga debdi:
— Oyijon, shu ishingiz to`g`rimi?
— Yomon hulqing uchun seni jazoladim. O`sha joyda tur!
— Yosh bo`la turib, shu burchakda, siz haqingizda yomon fikrlay boshlayapman! Yaxshi emas, oyijon!
— Oyijon, shu ishingiz to`g`rimi?
— Yomon hulqing uchun seni jazoladim. O`sha joyda tur!
— Yosh bo`la turib, shu burchakda, siz haqingizda yomon fikrlay boshlayapman! Yaxshi emas, oyijon!