Bo`limlar
Latifalar
Kasalxonada yotgan ikki erkak suhbatlashayotib:
— Siz kasalxonaga qanday tushib qoldingiz?
— Tomdan yiqilib tushdim.
— Ming la’nat! Sen ekansan-da meni boshimga tushgan!!!

O`g`li kechqurun o`qishdan yangi avtomobil haydab kelganini ko`rgan ota:
— Qayerdan olding buni? - deb so`rabdi.
— Ko`chada bir ayol ikki ming so`mga sotdi, - debdi.
Otasi:
— Esing joyidami? Kim mashinani ikki mingga sotadi?, - desa, o`g`li:
— Bir ayol deyapman-ku! Uni eri jazmani bilan ketib qolibdi. Xotiniga esa, — Menga tegishli hamma mol-mulkni sotib, pulini menga jo`natib yubor!, - debdi.
Aytganday, sizlarga to`rt xonali uy sotib oldim, besh ming so`mga!

O`rmondan qo`ziqorin to`la savat bilan chiqqan erkak:
— Au, au, au, - deb har yoqqa yugurib yurgan ekan, o`tkinchilardan biri:
— Nima bo`ldi do`stim? Qo`ziqorindan ko`proq yeb qo`ydingmi?, - desa, boyagi odam:
— Yo`q, Audi mashinamni o`g`irlab ketishibdi...

Tarixiy obidalarni qazish ishlari vaqtida tajribali arxeologlar tajribasiz arxeologlar suyaklariga duch kelishdi.
Bir erkak ishdan so`ng jazmani bilan tushlik qilib, kinoga borib uyga qaytibdi. Uyda xotini sho`rva pishirgan ekan. Ovqatdan biroz ichgan bo`libdi-da, kirib yotibdi. Endi uxlamoqchi bo`layotgan ekan, telefonga Sms kelib qolibdi. Telefonni olib xojatxonaga yuguribdi. Smsni ochib qarasa, "Jonim bugungi tushlik va sayr uchun rahmat! Unutilmas kun bo`ldi..." degan Sms kelgan ekan. Xotini ko`rib qolishidan qo`rqib, Sms ni o`chirib, sekin kirib yotsa, xotini:
— Tinchlikmi?, - debdi.
— Pishirgan sho`rvang yoqmadi shekilli, ko`nglim behuzur bo`lyapti, - deb to`ng`illabdi eri.
— Unda nega meni telefonimni ko`tarib kirib ketdingiz? O`zingizniki mana-ku!? - degan ekan xotini.

— Dada, kecha ko`chada bir ayol bilan kinoga kirib ketdingiz-a?
— Jim, onang bilmasin! Mana senga o`n ming!
— Yo`q dada, o`n ming kam!
— Mana yigirma ming bo`ladimi?
— Dada, ziqnalik qilmang! O`tgan kuni oyim bilan qo`l ushlashib ketayotgan amaki ellik ming berdi-ku...

Bir kuni podshoh xalqi qanday kun kechirayotganiga kiziqib, eski kiyimlarni kiyib olibdi-da, bozorga boribdi. Go`sht rastasini oldiga borib:
— Bir kilo go`sht necha pul?
— Besh tillo!
— Nega buncha qimmat?
— Chunki podshohimiz nodon!
Podshoh saroyga qaytibdi. Ertasiga bashang kiyinib, endi soqchilari bilan yana o`sha go`sht sotuvchisini oldiga boribdi:
— Assalomu alaykum, podshohim, - debdi sotuvchi.
— Go`shtni qanchadan sotyapsan? - so`rabdi podshoh
— Besh tillodan!
— Nega buncha qimmat?!
— Kecha siz nodonga aytdim-ku...

Yoqtirgan qizim yonimda, men mashina haydab ketayotsam, u menga mehrli boqib:
— Meni chin dildan sevarkansiz... Mana hozir ham, men tomonga tez-tez o`girilib, har daqiqa mendan xabar olib turibsiz...
Men indamadim. "Yo`llarda avtomobillar ko`p, yon tomondagi oynalardan orqadagi mashinalarga qarab haydayapman" demayman-ku unga...!

Har kuni ertalab tig`iz paytda Toshkent shahridagi barcha avtobuslardagi holat:
— Biroz suriling...
— Biroz ozing!
— Biroz suriling...
— Biroz ozing!
Oyog`ida tura olmayotgan mast odam uyiga kelib, oshxonadagi muzlatkich eshigini ochibdi-da:
— Sebzorga! Nechi pul? Yo`q deysanmi...? - debdi.
Keyin nima bo`lgani esida yo`q. Ertalab oshxonani bir burchagida uyg`onib qarasa, muzlatkichni sindirib tashlagan ekan.
Xotini uyg`onmasidan muzlatkichni olib, ustaxonaga yuguribdi.
Birozdan so`ng xotini turib, oshxonaga chiqib qarasa, muzlatkich yo`q emish. Shunda xotini:
— Oxiri ko`ndiribdi-da Sebzorgacha..., - dermish.