Militsiyaga bir erkak
Latifa matni:
Militsiyaga bir erkak qo`ng`iroq qilyapti:
— Allo, militsiya, xotinim yo`qolib qoldi!
— Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz?
— Do`konga deb chiqib ketgandi...
— Xotiningizni belgilari: Bo`yi? Soch rangi?
— Bilmayman, bo`yini o`lchab ko`rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo`q!
— Ko`zini rangi-chi?
— Hecham ahamiyat bermaganman.
— Qanday kiyimda edi?
— Bilmayman ...
— Mashinada ketganmidi?
— Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o`rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o`rnatilgan, salonga monitor ham o`rnatib bergan edim, - deb yig`lab yuboribdi.
— Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz!
Ijtimoiy tarmoqlarda:Militsiyaga bir erkak qo`ng`iroq qilyapti: