Latifa matni:
O`g`li kechqurun o`qishdan yangi avtomobil haydab kelganini ko`rgan ota:
— Qayerdan olding buni? - deb so`rabdi.
— Ko`chada bir ayol ikki ming so`mga sotdi, - debdi.
Otasi:
— Esing joyidami? Kim mashinani ikki mingga sotadi?, - desa, o`g`li:
— Bir ayol deyapman-ku! Uni eri jazmani bilan ketib qolibdi. Xotiniga esa, — Menga tegishli hamma mol-mulkni sotib, pulini menga jo`natib yubor!, - debdi.
Aytganday, sizlarga to`rt xonali uy sotib oldim, besh ming so`mga!