Bo`limlar
Latifalar
Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti:
– Yoshingiz nechada?
– Sakson yettida.
– Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o`laymi?!
– Ha, endi... O`zingiz necha yoshdasiz?
– To`qson uchda, aylanay.
– Uyga qaytib ovora bo`lib yurganingizga o`laymi?

Afandi ko`chadan taqa topib oldi, juda xursand bo`lib borayotgan edi, bir oshnasi so`radi:
— Ha, Afandi, buncha xursandsiz? Afandi qo`lidagi taqani ko`rsatib dedi:
— Bitta taqa naqd, yana uchta taqa-yu usti but bo`lsa, bitta ot degan so`z. Chu!
— Ha, Afandi, buncha xursandsiz? Afandi qo`lidagi taqani ko`rsatib dedi:
— Bitta taqa naqd, yana uchta taqa-yu usti but bo`lsa, bitta ot degan so`z. Chu!
Itingizga qarasangiz bo`lmaydimi, qo`shni? Kecha shunaqangi hurdiki, qizim qo`shiq aytish mashqini to`xtatishga majbur bo`ldi.
— Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo`lib boshladi.
— Kechirasiz-u, lekin qizingiz birinchi bo`lib boshladi.
— Boks - eng zo`r sport turlaridan biri!
— O`zingiz boksersiz chog`i?
— Yo`q, men tish doktoriman.
— O`zingiz boksersiz chog`i?
— Yo`q, men tish doktoriman.
Azizjon minimarketda savdo qilib o`tirsa, bittasi yugurib kelib:
— Novot bormi? - deb so`rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - deb so`rarmush.
— Novot bormi? - deb so`rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - deb so`rarmush.
Bir shilqim oshnasi bilan ketayotib, otda sayr qilib yurgan bir go`zalni uchratib qoldi va do`stiga dedi:
— Oh, shu go`zalning oti bo`lib qolsam ham mayli edi!
— So`rab ko`rchi, balki eshakda sayr qilishga ham rozi bo`lar, taklif qildi sherigi.
— Oh, shu go`zalning oti bo`lib qolsam ham mayli edi!
— So`rab ko`rchi, balki eshakda sayr qilishga ham rozi bo`lar, taklif qildi sherigi.
Afandi onasidan chuchvara qilib berishni iltimos qildi.
— Xo`p,— dedi onasi.
— Sen menga taxta-o`qlog`ini topib ber.
Afandi uzoq axtarib, topolmadi. Keyin onasiga:
— Oyi,— dedi,— taxta-o`qlog`ini topay-topay deb qoldim. Endi o`zingiz jinday qidirsangiz topasiz-qo`yasiz.

Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov:
— Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so`radi.
— Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi.
— Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o`n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku?
Afandi javob berdi:
— Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo`ladi-da.

Bir otaxon avtobusda bitta negrni ko`rib qolibdi va so`rabdi:
— Bolam Mirzacho`ldanmisan?
— Yo`q otaxon, men negrman, Afrikadanman.
Sal o`tib chol yana so`rabdi:
— Bolam Mirzacho`ldanmisan?
— Negrman dedim-ku ota Afrikalikman.
— Haaa, endi bolam gap yo`g`ida gapda...
15 minutlar yurgandan keyin, chol yana so`rabdi:
— Bolam Mirzacho`ldanmisan?, - desa negrni jahli chikib:
— Ha Mirzacho`ldanman nima edi?, - desa
Haligi otaxon:
— Unda nega negrlarga o`xshaysan?, - dermish.

Uchta g`irt mast bir taksini to`xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o`t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib:
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo`lkirani to`lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o`ylab tursa...
Uchinchi mast
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish.