Latifa matni:
Afandi ko`chadan taqa topib oldi, juda xursand bo`lib borayotgan edi, bir oshnasi so`radi:
— Ha, Afandi, buncha xursandsiz? Afandi qo`lidagi taqani ko`rsatib dedi:
— Bitta taqa naqd, yana uchta taqa-yu usti but bo`lsa, bitta ot degan so`z. Chu!