Latifa matni:
Uchta g`irt mast bir taksini to`xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o`t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib:
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo`lkirani to`lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o`ylab tursa...
Uchinchi mast
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish.