Latifa matni:
Ishyoqmas, tekintamok, dangasa odamlar uchun 8 qoida:
1 — Yotadigan krovatingni o`zingni sevganingdek sev.
2 — Kimdir dam olayotganini ko`rsang, albatta, yordamga oshiq.
3 — Ish - mukaddas narsa, unga tega ko`rma!
4 — Qaysidir ishni ertaga qoldirish mumkin bo`lsa, uni aslo bugun bajarma!
5 — Ishlaganlar sog`lom bo`ladi, deyishadi, demak, bemorlarga ish qoldirish kerak, ular sog`ayishsin.
6 — To`satdan ishlaging kelib qolsa, shoshilma. Chuqur nafas ol, o`tib ketadi.
7 — Aslo unutma, ish baribir tugamaydi!!!
8 — Agar ko`p ishlash bilan millioner bo`lish mumkin bo`lganda edi, unda hamma ishchilar boyib ketgan bo`lar edi.