Bo`limlar
Latifalar
Ikki ovchi o`rmondan chiqib kelishayotganida bittasi birdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko`zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol telefonini olib “tez yordam”ga qo`ng`iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go`shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do`stim o`lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob qilibdi:
— O`zingizni bosing, sizga yordam beramiz, ammo avval ayting-chi, do`stingiz rostdan ham o`lib qoldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so`ng miltiqning gumburlagan ovozi eshitilibdi. So`ng ovchi operatorga debdi:
— O`lganligi aniq, xo`sh, endi nima qilay?

Futbol murabbiyi farzandli bo`ldi. Lekin ertaga uni juda muhim o`yin kutib turibdi. Shuning uchun murabbiy tug`uruqxonaga maydonga tushmaydigan o`yinchini jo`natibdi.
O`yinchi tug`uruqxonadan qaytib kelib, taasurotlari haqida gapirib berdi.
— U sizni o`zingiz. Kichkinagina, baqaloq, hech narsani tushunmaydi, faqat baqirgani baqirgan.
O`yinchi tug`uruqxonadan qaytib kelib, taasurotlari haqida gapirib berdi.
— U sizni o`zingiz. Kichkinagina, baqaloq, hech narsani tushunmaydi, faqat baqirgani baqirgan.
Sotvoldi aka o`t o`chiruvchi edi. Bir kun ishdan kech qaytib kelib, yotoqxonaga sekin kiribdi. Ust kiyimini yechgach, chiroqni yoqaman desa:
— Iiii, chiroqni yoqmang, - deya sarosimaga tushibdi xotini. — Boshim og`rib ketiyapti-ya, dorixonaga tushib, dori olib chiqmaysizmi?
Eri shoshib, kiyinibdi-da, dorixonaga tushib:
— Uka, menga bosh og`riq dori ber, - desa.
Sotuvchi yigit:
— Iya, Sotvoldi aka, pajarkadan melisaga o`tkazishdimi, - dermish.

Bir kuni Hasan Husandan:
— Muncha xunuksan? - deb so`rabdi...
— Muncha xunuksan? - deb so`rabdi...
Yaxshi buxgalterni topish ancha mushkul masala. Mana masalan, Vera Pavlovna, 10 yildan beri qidiruvda.
Afandi bozor aylanib yurib, mevafurushlar rastasiga kirib qoldi, qarasa: o`rik qoqi, turli-tuman mayizlar, pista, bodom, nok, uzum va boshqa mevalar uyulib yotibdi-yu, sotuvchilari qimirlamay o`tirishibdi. Afandi hassasining uchini bir boqqolning ko`zi oldiga olib bordi. Bundan cho`chigan boqqol:
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko`zimga tiqib olasan-ku,— dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko`zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o`tiribsiz?
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko`zimga tiqib olasan-ku,— dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko`zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o`tiribsiz?
— Kel bitta suvara tashaylik, og`ayni!
— Men tushunmadim, siz kreditni qaytarish niyatidamisiz, yoki yo`qmi?
— Men tushunmadim, siz kreditni qaytarish niyatidamisiz, yoki yo`qmi?
100-marshrutkada:
— Itingizni sal nariroqqa oling, ustimda burgalar sakrab yuribdi, — deb noroziligini bildirdi yo`lovchi ayol.
— Qoravoy, yonimizdagi ayolni burga bosib yotibdi, pastga tushaqol.
— Itingizni sal nariroqqa oling, ustimda burgalar sakrab yuribdi, — deb noroziligini bildirdi yo`lovchi ayol.
— Qoravoy, yonimizdagi ayolni burga bosib yotibdi, pastga tushaqol.
Ko`chada bir chiroyli ayol bir erkakni oldiga kelib:
— Kechirasiz, nazarimda siz bolalarimdan birining otasi bo`lsangiz kerak.
Daxshatdan qotib qolgan erkak:
— Yo`g`e, bo`lishi mumkinmas. Nahotki?!
— O`zizni bosing. Nega xovliqasiz. Man o`qituvchiman
— Kechirasiz, nazarimda siz bolalarimdan birining otasi bo`lsangiz kerak.
Daxshatdan qotib qolgan erkak:
— Yo`g`e, bo`lishi mumkinmas. Nahotki?!
— O`zizni bosing. Nega xovliqasiz. Man o`qituvchiman
Bo`ri bilan bo`g`irsoq kurashmoqda. Bo`ri raqibidan bo`yi ancha baland ekanini ko`rib dedi:
— Oldindan ogohlantirib qo`yay, beldan pastiga urish mumkin emas.
— Mayli, u holda kallaga ham.
— Oldindan ogohlantirib qo`yay, beldan pastiga urish mumkin emas.
— Mayli, u holda kallaga ham.