Latifa matni:
Ikki ovchi o`rmondan chiqib kelishayotganida bittasi birdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko`zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol telefonini olib “tez yordam”ga qo`ng`iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go`shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do`stim o`lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob qilibdi:
— O`zingizni bosing, sizga yordam beramiz, ammo avval ayting-chi, do`stingiz rostdan ham o`lib qoldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so`ng miltiqning gumburlagan ovozi eshitilibdi. So`ng ovchi operatorga debdi:
— O`lganligi aniq, xo`sh, endi nima qilay?