Afandi bozor aylanib
Latifa matni:
Afandi bozor aylanib yurib, mevafurushlar rastasiga kirib qoldi, qarasa: o`rik qoqi, turli-tuman mayizlar, pista, bodom, nok, uzum va boshqa mevalar uyulib yotibdi-yu, sotuvchilari qimirlamay o`tirishibdi. Afandi hassasining uchini bir boqqolning ko`zi oldiga olib bordi. Bundan cho`chigan boqqol:
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko`zimga tiqib olasan-ku,— dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko`zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o`tiribsiz?
Ijtimoiy tarmoqlarda:Afandi bozor aylanib yurib, mevafurushlar rastasiga kirib qoldi, qarasa: o`rik qoqi, turli-tuman mayizlar, pista, bodom, nok, uzum va boshqa mevalar uyulib yotibdi-yu, sotuvchilari qimirlamay o`tirishibdi. Afandi hassasining uchini bir boqqolning ko`zi oldiga olib bordi. Bundan cho`chigan boqqol:
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko`zimga tiqib olasan-ku,— dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko`zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o`tiribsiz?