Bo`limlar
Latifalar
5 yoshli qiz o`g`il bola qo`shnisiga maqtanibdi:
— Dadamni avtomati bor.
Bola esa:
— Mani dadamni pushkasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni tankasi bor.
Bola:
— Mani dadamni raketasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni bombasi bor.
Bola nima deyishni bilmay:
— Aa, san devorga siyomiysaan...
— Dadamni avtomati bor.
Bola esa:
— Mani dadamni pushkasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni tankasi bor.
Bola:
— Mani dadamni raketasi bor.
Qiz:
— Mani dadamni bombasi bor.
Bola nima deyishni bilmay:
— Aa, san devorga siyomiysaan...
Ishxonadagi hamkasblar yangi uylangan kuyov bilan hazillashmoqda:
— Muzaffar, sanda xotiningni yalang`och tushgan rasmi bormi?
— Yo`q, qayerdan bo`lsin?
— 5-6 tasini beraymi?
— Muzaffar, sanda xotiningni yalang`och tushgan rasmi bormi?
— Yo`q, qayerdan bo`lsin?
— 5-6 tasini beraymi?
Yarim kechasi telefon jiringladi.
— Ha, uxlayapsanmi?
— Ha
— Uxlayotgan bo`lsang, uxla-da, nega telefonni ko`tarasan?!
— Ha, uxlayapsanmi?
— Ha
— Uxlayotgan bo`lsang, uxla-da, nega telefonni ko`tarasan?!
Mulla Nasriddin,- dedi bir laqma, — nima uchun qulog`im ikkita-yu, og`zim bitta?
— Ko`proq tinglash uchun qulog`ing ikkita,— javob berdi Afandi,— agar og`zing ham ikkita bo`lganda, odamlarning miyasini qoqib qo`liga berarding!
— Ko`proq tinglash uchun qulog`ing ikkita,— javob berdi Afandi,— agar og`zing ham ikkita bo`lganda, odamlarning miyasini qoqib qo`liga berarding!
Xotin eriga kurortdan telefon qilmoqda.
— Bu yerda bir oy dam olib, yarim vaznimni yo`qotdim. 100 kilodan 50 kiloga tushdim. Yana qolsam maylimi?
— Yana bir oy qolaqol.
— Bu yerda bir oy dam olib, yarim vaznimni yo`qotdim. 100 kilodan 50 kiloga tushdim. Yana qolsam maylimi?
— Yana bir oy qolaqol.
Bir kuni maktabda til o`qituvchilarining kengashi chaqirilibti. Kengashda Lotin yozuvidagi alifbodan "k" yoki "q" harflarining birini olib tashlash masalasi qo`yilibti. Ko`pchilik o`qituvchilar "Q" harfini olib tashlash taklifi bilan chiqishibdi sabab yomon so`zlar barchasi shu harfdan boshlanadi deb etishdi ular.
Metod birlashma rahbari hammani tinglab qaror qabul qilibdi, lekin chetda turgan 1 o`qituvchi ularga qo`shilmapti, nega unga qo`shilmaysan deganda u:
— "Siqillib ketdim" so`zini endi bir aytib ko`ringlarchi debdi.

— Otangizning ichkilikda o`lgani yetmasmidi, axir buncha ko`p ichasiz?—so`radi birov Timur-akadan.
— Otamni o`ldirgan shu aroq bo`ladigan bo`lsa, men uni ichib tugatib yubormoqchiman! — javob berdi Timur-aka.
— Otamni o`ldirgan shu aroq bo`ladigan bo`lsa, men uni ichib tugatib yubormoqchiman! — javob berdi Timur-aka.
Bir dehqon eshak minib shaharga kelar edi. Ittifoqo eshagi xonning arki yoniga kelganida hangrab yubordi. Ark tepasida turgan xon achchig`lanib, dehqonni darralashga buyurdi.
Hukm ijro qilindi. Ezilgan dehqon hangi eshakdan qutulish uchun uni bozorga olib kirib, Afandini ko`rdi-da, boshiga tushgan hodisani so`zladi.
— Qo`y, bunga hafa bo`lib eshagingni sotma, - dedi Afandi, - hamma eshak ham eshakni ko`rganda hangraydi!

Afandining xotini jangari chiqib qoldi. U arzimagan narsaga idish-tovoqlarni sindirar, Afandining yuziga chang solar, yana dod deb, qo`shnilarni yig`ar edi. Afandi uyiga kelishga yuragi betlamay, kechgacha ko`chada sanqib yurdi, kech bo`lganda uyga kelsa, ustidagi to`nini yechmay turib, xotini janjal boshladi:
— Onam tug`may o`lsin, sizga tegib hech halovat ko`rmadim! Odamlarning eri har ko`chaga chiqqanda hech bo`lmasa mozi ko`tarib keladi, siz bo`lsangiz so`ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo`lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O`rtamizda tinch o`tgan kun o`sha kun edi!

— Restorandan chiqqanimni bilaman, bir bezori boshimdagi telpagimni yulib qochsa bo`ladimi!, - deb ko`nglini yoribdi o`rtacharoq bir shoir.
— Tabriklayman! Kimgadir hech bo`lmasa telpagingiz kerak bo`pti-ku!
— Tabriklayman! Kimgadir hech bo`lmasa telpagingiz kerak bo`pti-ku!