Bo`limlar
Latifalar
Afandi kechasi uyqusi kelmay, ko`chaga chiqib aylanib yurgan edi, ittifoqo bir o`g`riga duch kelib qoldi.
— Kimsan?! Bemahalda nima qilib yuribsan? - do`q urdi o`g`ri.
— Shu shaharning o`g`rilaridanman,— dedi Afandi ham bo`sh kelmay. O`zing kimsan?!
— Men ham boshqa bir shahardan kelgan zo`r o`g`riman. Uchrashganimiz yaxshi bo`ldi, ikkalamiz bahamjihat ish qilamiz. Men yangi kelganman, hali bu shaharning pasti balandini yaxshi bilmayman. Qani aytingchi ishni qayerdan boshlasak bo`ladi?
— Shahar qozisining bir oq hangi eshagi bor. Avval shuni o`g`irlasak, keyin bozorga borib, ikkita qop bilan ozroq arqon o`g`rilasak, innaykeyin shishafurushning do`konidan shisha o`g`irlab ikki qopga liq to`lg`izsakda, bizning hovliga oborib ko`mib qo`ysak yomon bo`lmas edi. Shunda anchagacha jonimiz tinchirdi-da! Qalay, bu maslahatim sizga yoqadimi?.
— O`g`ri javob berguncha bo`lmay, mirshablar kelib qolishdi. O`g`ri shilt urib qochib ketdi, Afandi qo`lga tushib qoldi. Uning dod-faryodiga quloq solmay, olib borib zindonga tashladilar...
Ertalab uni so`roqqa olib chiqishdi.
— Xo`sh Afandim,— dedi hokim,— sizni tuppa-tuzuk odam deb yursak, o`g`ri boshi ekansiz-ku! Nima qilib o`g`ri bilan tun qorong`isida gaplashib turuvdingiz?
— Endi maslahatlashayotuvdik-da. To bir qarorga kelguncha bo`lmay, mirshablaringiz ushlab olishdi.
— Nima maslahat qilayotuvdingizlar?
— Avval qozining oq eshagini o`g`irlab, undan keyin bozordan qop bilan arqon olib, innaykeyin shishafurushning do`konini urmoqchi edik.
Hokim huzur qilib kuldi:
— Axir o`ylang, Afandim! Bunga siz ovora, biz ovora, eshak ovora. Shu ham o`g`rilik bo`ldimi? Ha, eshak o`g`rilikka arziydi...
— Quloq soling, taqsir. Eshakni vaqtincha omonat o`g`irlab, shishani yetkazib olgach, yana qozining eshigidan sekin kirgizib yubormoqchi edik-da.
— Iye, o`g`rilikning omonati ham bo`ladimi?
— Ish bitguncha-da, taqsir. Nima qilamiz, jonli narsani asrab, boshimizga dahmaza orttirib. Yem-xashak uchun tag`in birovni qon qaqshatish yaxshimi?!
Hokim yana kulib yubordi:
— Shishaning yuztasini bir tangaga ham olmaydi-ku! Shuyam o`g`rilik bo`ldimi?!
— Xo`p, bo`lmasa sizningcha nima qilishimiz kyerak edi?
— Kiroyi o`g`rilik qilganga yarasha podshoning g`aznasini ursang ekan.
— Mana shuni sizga o`xshagan tajribali odam yotig`i bilan tushuntirib bersa, durust bo`larkan-da. Eh, attang! Ha mayli, endi bundan keyin siz bosh qo`shsangiz, biz bajonidil xizmatingizga tayyormiz.

Qiz yigitdan so`rabdi:
— Nega qiz yigitlarini qo`lqopdek almashtirsa uni yengiltak qiz deyishadi, lekin bu ishni yigit qilsa uni qiziqqonli yigit deb atashadi?
Yigit:
— Bilasanmi, agar bitta kalit juda ko`p qulfni ocha olsa bu tengi yo`q kalit hisoblanadi, lekin bitta qulfga istalgan kalit to`g`ri kelaversa u buzuq qulf deyiladi.

Vrach unga bepushtlik deb tashhis qo`yganda, u shu qadar tushkunlikka tushdiki, bu gapni homilador xotiniga qanday aytishni bilmasdi.
Doktordan so`rashibdi:
— Qaysi kasal yaxshi deb o`ylaysiz?
— Skleroz
— Nimaga?
— Chunki bu kasalni xech qayeri og`rimaydi va yana har kuni yangilikka boy bo`ladi.

Tug`ruqxonada aksiya e’lon qilindi: "Egizaklarni dunyoga keltir va 3chi chaqaloqqa bepul ega bo`l!"
Yo`lda mast ketayotgan erkakni militsiya xodimi to`xtatdi:
— Yarim kechasi bu ahvolda qayerga ketayapsan?
— Ichkilikning ziyoni haqida ma’ruza eshitgani.
— Kechasi uchda qaysi bekorchi senga ma’ruza o`qib beradi?
— Xotinim bilan qaynonam...

— Zooparkda bo`ganmisan?
Qiz:
— ha, bo`ganman.
Yigit:
— nima berib boqishgan?
Qiz:
— hafa bo`lib indamadi.
Yigit:
— hazillashdim, rostan bo`ganmisan.
Qiz:
— ha, nimedi?
Yigit:
— nimaga qochib ketgansan?
— Zooparkda bo`ganmisan?
Qiz:
— ha, bo`ganman.
Yigit:
— nima berib boqishgan?
Qiz:
— hafa bo`lib indamadi.
Yigit:
— hazillashdim, rostan bo`ganmisan.
Qiz:
— ha, nimedi?
Yigit:
— nimaga qochib ketgansan?
Internet shu shaklda ommalashib borsa, bir necha yildan keyin qabr toshlarida: "1930 yil: online - 2025 yil: offline", - degan yozuvlar bo`lishi mumkin.
— Taq-taq!
— Kim bu?
— Bu men sevgiman! Kirsam bo`ladimi?
— Yo`qol palakat...!
— Kim bu?
— Bu men sevgiman! Kirsam bo`ladimi?
— Yo`qol palakat...!
Poyezd. Kupeda ikki kishi ketyapti. Birinchisini qulog`i kar, ikkinchisi berilib saqich chaynayapti. Shunda birinchi ikkinchi kishiga qarab turib
— Gapirayatgan gaplaringizni foydasi yo`q, men karman — dermish.