Bo`limlar
Latifalar
Ikki askar bir-biriga maqtanyapti. Birinchisi dedi:
— Xotinimning qo`li gul! Shimimga yamoq solsa, yamoq solgani umuman bilinmaydi-e!
Ikkinchisi bo`sh kemadi:
— E buning nima bo`pti!? Mening xotinchamni qo`lini gul desang arziydi! Kiyimlarini yuvsa, yuvgani umuman bilinmaydi!

Vrach bemordan:
— Sizga nechi pullik narkozdan qilay?
— Eng arzonidan!
— Alla, alla, alla-yo...
— Sizga nechi pullik narkozdan qilay?
— Eng arzonidan!
— Alla, alla, alla-yo...
Boshliqning "Oltin qoidalari":
1. Boshliq hamisha haq.
2. Boshliq kech qolmaydi, ish yuzasidan ushlanib qoladi.
3. Boshliq xodimalarga tegajoqlik qilmaydi, ularga e’tibor qaratadi.
4. Boshliqni xonasiga o`zingni g`oyalaring bilan kirib, boshliqni g`oyalari bilan chiqishing kerak.

Beshta og`ayni choyxonada o`tirsa, telefon jiringlabdi:
— Allo, adasi, kecha men sizga aytgan tilla zanjirni bugun qo`shnimiz sotib chiqdi. Olaveraymi?
— Ha, olaver!
— Keyin, internet orqali yangi telefonga ham buyurtma berib yubormoqchiman, maylimi?
— Mayli!
— Kelasi hafta 8 mart bayrami ekan. Shunga yangi ko`ylak ham tiktirmoqchiman. Uydagi puldan olib, tikuvchiga borib kelsammikin degandim?!
— Xo`p mayli, boraver!
Telefon suhbati tugagach, yigit telefonni joyiga qo`yib debdi:
— Og`aynilar, manavi telefon o`zi kimniki edi???

Universitetni tamomlagan chiroyli, yosh qiz maktabga nemis tilidan dars berish uchun kelibdi. Maktab direktori yosh o`qituvchini tekshirish maqsadida, u dars o`tayotgan xonaga kirib, oxirgi partadagi o`quvchining yoniga joylashibdi. Yosh muallima doskaga nemis tilida jumla yozib, bolalardan so`rabdi:
— Qani, kim doskadagi yozuvni tarjima qiladi?
Orqa partada, direktorni yonida o`tirgan bola qo`lini ko`tarib:
— Bugun uchrashsak bo`ladimi? deb yozilgan ustoz, - desa, o`qituvchini jahli chiqib:
— Nima? Voy tarbiyasiz-yey! Narsalaringni yig`ishtir-da, yo`qol!!!
Bola narsalarini yig`ishtirib, direktorga qarab, yig`lamsirab debdi:
— Nemischani tarjima qilishni bilmaskansiz, nima qilardingiz menga o`rgatib?!...

Telegrammdagi suhbatdan:
— Sevgan qizingiz bormi?
— Yo`q.
— Unday bo`lsa, biron yerda uchrashib, tanishib olsak bo`lar ekan.
— Afsuski, buning iloji yo`q...
— Sabab?
— Xotinim ruxsat bermaydi.

Bir bola otasiga maqtayapti:
— Ada, sinfdagi eng yalqov bola endi men emasman!
— Nega? Yaxshi o`qiy boshladingmi?
— Yo`q, bugun mendan ham yalqovroq bola keldi sinfimizga!

Jang maydoniga oshpaz emaklab kelib, akopdagi askarlardan:
— Bugun nima ovqat qilay? - desa, bo`linma komandiri:
— Osh qil! - debdi.
— Necha kilo qilay? - so`rabdi oshpaz:
— 10 kg necha kishiga yetadi? - debdi yana komandir.
— 90-100 kishiga yetadi, - desa,
— Bo`lmasa jangdan keyin qilasan, - dermish.

Erkak yarim tunda xotinini uyg`otib:
— Tur, ko`zoynagimni olib ber!
— Yarim kechada nima qilmoqchisiz?
— Qiziqarli tush ko`rayotgan edim, ko`zoynakda yaxshiroq ko`raman-da!

Eronning futbol terma jamoasi murabbiysi sehrli chiroqdan chiqqan jindan so`rabdi:
— Qachon meni jamoam jahon chempionatiga chiqadi?
Jin:
— 2024 yilda, - debdi. Murabbiy yig`lab:
— Men u kunlarni ko`rmasam kerak, - debdi.
Yaponiya, Koreya, Qatar futbol jamoalarining murabbiylari ham jinning javoblaridan yig`lab:
— Biz u kunni ko`ra olmasak kerak, - deb ketishibdi.
Oxiri navbat bizning murabbiyga kelibdi:
— Qachon meni o`yinchilarim jahon chempionatiga chiqishadi? - desa,
Jin yig`lab:
— U kunlarni ko`rish menga nasib qilmasa kerak, - dermish.