Bo`limlar
Latifalar
Taksiga bir otaxon o`tiribdi. Uch ming so`mga kelishishgan ekan, otaxon bitta besh ming so`mlik berib tushibdi. Taksichi ikki ming qaytim beraman desa, otaxon yo`q bo`lib qolibdi.Taksichi qaytimni bera olmaganidan qayg`urib yursa, kunlarning birida yana o`sha otaxonni ko`rib qolibdi.
— Men o`sha taksichiman. Qaytimingizni beray desam, yo`q bo`lib qoldingiz. Qayoqqa ketib qoldingiz?, - desa, chol jahl bilan:
— Ahmoq ekansan! Mashinani kolodetsni yoniga ham to`xtatasanmi?! Mashinadan to`ppa-to`g`ri kolodetsga tushib ketgandim! - dermish.

Travmatolog vrach malaka oshiruvchi talaba bilan birga bemorni ko`zdan kechiryapti. Vrach:
— Mana qarang, bosh suyagi lat yegan.
Talaba:
— Balki, bosh-miya suyagidir?!
Vrach:
— Esing joyidami? Miya bormi bunda?! Miyasi bor odam, xotinini tug`ilgan kuniga jazmanini boshlab keladimi?! Mana endi, nima ahvolda yotibdi...

— O`rtoq, universitetga miyang bilan kirdingmi?
— Ha, miyam bilan kirib, miyam bilan chiqdim!

Xotin eriga:
— Siz o`tgan hafta do`stlaringiz bilan choyxonaga borganmidingiz?
— Ha, albatta xotin!
— Bugun choyxonachi Gulya telefon qilib, sizni so`radi!!!

Bir kuni ikkita rus yigit O`zbekistonga kelishibdi. O`zbekcha o`rganamiz deyishibdi. Yo'lda ketishayotsa kichkina bolalar koptok o`ynashayotgan ekan koptok bir qizni boshiga tegibdi. Kim meni urdi desa biz biz deyishibdi. Shu gapni o`rganishibdi. Yana yo'lda ketishayotsa gilamni urib qoqishayotgan ekan. Ulardan ko`tardik, urdik degan so'zni o'rganishibdi. Yo`lini davom etib ketishayotsa bir bola kampirdan pista sotvolayotgan ekan yana ozgina qo`shing degan gapni o`rganishibdi. Ertansiga ko`chada alkash uxlab yotgan ekan militsiya boyagi ikki rus yigitdan so`rabdi. Buni kim o`ldirdi desa biz biz deyishibdi, qanday deb so`rabdi ko`tardik, urdik deyishibdi, sizlarni 3yilga qamayman desa yana ozgina qo`shing deyisharmish.
Kasalni yashirsang, hammaga yuqtirasan.
Bir yigit boshqa shaharga borib, sartaroshxonaga kirib, soqolini oldirmoqchi bo`lib o`tiribdi. Shunda sartarosh sovunga tuflab, endi yigitni yuziga surtmoqchi bo`lgan ekan, yigit:
— Iye, qizikmisiz?! Men myehmonman! Shunaqayam farosatsiz bo`lasizmi? - desa, sartarosh:
— Ukam sen mehmonliging uchun sovunga tuflab, keyin yuzingga surtmoqchiman. Shu yerlik bo`lsang, yuzingga tuflab, keyin sovun surtaman, - dermish!

Talaba adabiyotdan imtihon topshiryapti. Yozuvchini tug`ilgan yili esida-ku, vafot etgan yili esida yo`q ekan. O`qituvchi:
— Yozuvchini vafot etgan yilini ayting!
Talaba:
— Uni o`ldi deyishga tilim bormaydi. U men uchun doim tirik!

— Adasi, manavi piyoda jonidan to`yganmi? Nega mashinamni oldida yugurib ketyapti?
— Mashinani piyodalar yo`lagidan emas, mashinalar yuradigan yo`ldan haydasang yaxshi bo`lardi.

Bir yigit mafiya boshlig`ini qizini sevib qolibdi. Bundan xabar topgan otasi xizmatkorlariga yigitni ushlab kelishlarini buyuribdi.
— Meni qizimni tinch qo`yasanmi?
Yigit:
— Men uni sevaman!
Otasi:
— Darhol bunga qizlarni kiyimini kiydirib, lab-yuzlariga ayollar bo`yoqlarini surtib, mahallasiga tashlab ketinglar!
Barzangi xizmatkorlar mashinada olib ketayotishsa, bola yalina boshlabdi:
— Yigitlar, iltimos, meni qo`yib yuboringlar. Unday ish qilib, sharmanda qilmanglar, axir men o`g`il bolaman-ku! Keyin mahallada qanday qilib bosh ko`tarib yuraman?!
Mashina biroz yurgach, bir barzangini telefoni jiringlabdi:
— Labbay xo`jayin!
— Qizimni yana bitta oshig`i bor ekan. Yo`l-yo`lakay uni ham qo`shib olinglar! Uni yaxshilab do`pposlab, tanib bo`lmas qilib, kimsasiz joylarga tashlab ketinglar! - debdi qizning otasi. Buni eshitgan oshiq yigit xushyor tortib:
— Iltimos akalar, menga qizlarni kiyimini kiydirib, lab-yuzlarimga ayollar bo`yoqlarini surtib, mahallamga tashlab ketasizlar! Tag`in anavi ikkinchi bola bilan adashtirib yubormanglar, - dermish.