Latifa matni:
Beshta og`ayni choyxonada o`tirsa, telefon jiringlabdi:
— Allo, adasi, kecha men sizga aytgan tilla zanjirni bugun qo`shnimiz sotib chiqdi. Olaveraymi?
— Ha, olaver!
— Keyin, internet orqali yangi telefonga ham buyurtma berib yubormoqchiman, maylimi?
— Mayli!
— Kelasi hafta 8 mart bayrami ekan. Shunga yangi ko`ylak ham tiktirmoqchiman. Uydagi puldan olib, tikuvchiga borib kelsammikin degandim?!
— Xo`p mayli, boraver!
Telefon suhbati tugagach, yigit telefonni joyiga qo`yib debdi:
— Og`aynilar, manavi telefon o`zi kimniki edi???