Bo`limlar
Latifalar
Mashhur o`g`riga jurnalist savol berdi:
— Eng buyuk orzuyingiz nima?
— Shveysariya bankini tunab, bankda qaynonamni barmoq izlarini qoldirish, - dermish

Poshsho bir o`lkaga yurish qilish oldidan Afandiga buyurdi:
— Yeb-ichib yotish yetar endi, sen ham yurishga tayyorlan, Davrimiz — qilich, kamon, o`qlar asri, gap-so`zniki emas. Bu yurishda men bilan birga bo`lasan!
Afandi yurishdan qoldirishini so`rab qancha yalinmasin natija chiqmadi. Oxiri u nochor bir kamonni yelkasiga ilib, eshagiga minib poshshoning huzuriga yetib keldi. Bu ahvoldan ajablangan poshsho kulib undan so`radi:
— Afandi, bu nima qiliq? Nahotki, ot topolmay eshak minib kelgan bo`lsang?
— Iloji bo`lmadi, shohim, eshagim yalinib: «Poshshoning sendan ajralgusi kelmasa, men ham sendan ajrala olmayman, sen qayerda bo`lsang, birga borishim kerak», - deb turib oldi.
Afandining tixirligini ko`rgan poshsho atrofdagilarga ham ta’sir qilish maqsadida:
— Yaxshi kamon olibsanu o`qing ko`rinmaydi.
— Uq menda yo`q.
— Dushmanni nima bilan otasan?
— Bizga otgan o`qlarini terib olib, o`zlariga otaman,
— Ahmoq ekansan, agar dushman bizga qarshi sira ham otmasachi?
— Agar dushman bizga qarshi otmasa, juda yaxshi, unda urush bo`lmaydi! Menga o`qning nima keragi bor,— javob berdi Afandi.

Bir bolakay homilador ayolni oldiga kelib:
— Xola, xola siz rostan ham bolezni yaxshi ko`rasizmi?
Ayol:
— Ha, albatta
Bola:
— Unda uni nega yutib yubordiz, - debdi

Afandi savatday sallani o`rab ko`chada borar edi, yo`lda bir kishi uning yo`lini to`sib, iltimos qildi:
— Taqsir, shu xatni o`qib bersangiz?
— Men o`qishni bilmayman,— dedi Afandi. U odam hayron bo`lib so`radi:
— Boshingizda shunday katta salla bilan xat o`qishni bilmaysizmi?
Afandi boshidan sallasini olib, uning boshiga kiydirar ekan, aytdi:
— Gap sallada bo`lsa ol, o`zing o`qi!

Oshpaz shifoxona oshxonasiga ishga kirayotgandi. Kadrlar bo`limida undan so`rashdi:
— Sudlanganmisiz?
— Yo`q, hozircha qo`lga tushmaganman!
— Sudlanganmisiz?
— Yo`q, hozircha qo`lga tushmaganman!
Afandining bir o`rtog`i kasal bo`lib qoldi, uni ko`rgani borish oldidan xotinidan maslahat so`radi:
— Kasal ko`rgani borganda nima deyiladi?
— Borib «ahvolingiz qalay?» deb so`raysiz, u «shukur, yaxshiman» deydi, siz «xayriyat» deysiz, «ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?» deb so`raysiz, u ko`ngli tortgan ovqatni aytadi, siz «undan ko`proq yeb turing, men ham yanagi kelishimda olib kelaman» deysiz, qaytar vaqtingizda yaqin o`rtoqlaringiz kelyapdimi» deysiz, u «ha, kelyapti» deydi, siz «xayriyat, kelib turishgan bo`lsa yaxshi, men ham ko`rinib qolishsa aytib yuboraman» deb kelaverasiz, — dedi xotini.
Afandi o`rtog`inikiga bordi, u og`ir ahvolda yotar edi, Afandi undan so`radi:
— Ahvolingiz qalay?
— Ko`rib turibsizku, o`ladigan bo`lib qoldim.
— Xayriyat, — degan edi, kasal ijirg`ilandi, Afandi so`roqni davom ettirdi:
— Ishtahangiz qalay, nima yegingiz keladi?
— Ajalning urug`ini!
— Ushandan ko`p-ko`p yeb turing, — taskin berdi Afandi, — men ham yanagi kelishimda undan olib kelaman.
Afandining bu gapidan asabi buzilgan kasal teskari qarab oldi. Nihoyat, Afandi yana so`radi:
— Mendan boshqa o`rtoqlaringiz ham ko`rgani kelishyaptimi?
— Ha, Azroil kelyapti! — dedi achchig`lanib kasal.
— Xayriyat, kelgani yaxshi, men ham ko`cha-kuyda ko`rinib qolsa, aytib yuboraman,— deb Afandi jo`nab ketdi.

Er xotin ovqatlanib o`tirishibdi. Birdan eri xotinining boshiga shart etib urib qoldi. Shunda xotini:
— Ha, Nima bo`ldi???
Er:
— Chappillatmasdan ye, - dermish.
Oradan 10 daqiqa vaqt o`tgach eri yana xotiniga shart etib qo`yib qoldi.
Shunda xotini:
— Ha, yana nima bo`ldi, - desa
Eri:
— Boya chappillatganing esimga tushib ketti, - dermish

Do`konda.
— Manavi shampuningiz qanaqa sochlar uchun?
— Kir sochlar uchun!

— Allo, bu tez yordammi?
— Ha, bu tez yordam.
— Xotinim napitka deb o`ylab baklashkadagi benzinni ichib yuboribdi, hozir ichi qizib hovlida yugurib yuribdi.
— Xavotir olmang 10 kmdan keyin benzin tugasa o`zi to`xtaydi.

Xitoy metro bekatida turgan yigit qizga:
— Chu min syan duf, - debdi.
Qiz o`ylab turib:
— Yan fay ru tan, - deya javob beribdi.
Yigitning jahli chiqib ketib:
— Dau shan Fan, dafan nyu ru, yan ru go zay, - deya jerkib beribdi.
Shundan so`ng qiz yig`lab yuboribdi.
Keyin:
— Kuan gua dji ru, shuyan yu
...Ha, do`stim. Xuddi o`qib biron narsani tushunayotgandek davomini kutayapsiz.