Bo`limlar
Latifalar
Sim yog`och ustida ikki montyor o`tirardi. Pastdan qari kampir o`tib qoldi. Montyorlarning biri kampirga:
— Onaxon, hov anavi yerda yotgan simni uzatib yuboring!
Kampir simni montyorga uzatdi-yu, yo`lida davom etdi. Montyor esa sherigiga:
— Ko`rdingmi, senga nima degandim? "Nol" deganim rost ekanmi? Sen bo`lsang, "faza, faza", - deb valdiraysan!

Bir kuni qo`shnisi Afandidan so`radi:
— Sizda qirq yillik sirka bor deb eshitaman, rostmi?
— Ha, rost,— dedi Afandi.
— Sirkani qirq yil qandoq asradingiz? Picha beringchi?
— Har kimga picha-picha beraversam, qirq yil ichida sirka qolarmidi,— javob berdi Afandi.

— Doktor, manavi dorilar rostdan ham menga yordam beradimi?
— Albatta. Bu dorini olgan bemorlar shu paytgacha oldimga qaytib kirishmagan.

Afandi bozordan ho`kiz olib kelayotgan edi, yo`l-yo`lakay «Afandi, ho`kizni sotib oldingizmi, qancha bo`ldi?»—degan savollar yog`ilib ketdi. Afandi jonidan bezor bo`lib, arqonning bir uchini o`z bo`yniga bog`lab oldi, yana bir odam:
— Afandi, ho`kizni oldingizmi?— deb so`ragan edi, u:
— Yo`q, birodar, ho`kiz meni oldi, narhimni undan so`rang,— dedi.

Qabulxona eshigida:
Boshliq 10 dan 100000000gacha qabul qiladi.

Ikkita ishyoqmas, choyxonada ovqatlanib bo`lib, yonboshlab suhbat quribdi:
— San kim bo`lgin kelyapti?
— Manmi, man katta boy bo`lsam-da, har kuni barra go`shtdan tayyorlangan taomlar yesam...
— Sanchi?
— Man, ilon bo`lsam deyman...
— Iye, nimaga endi ilon?
— Yoti.i.i.b yuradi-da...

Bozor iqtisodiga o`tish munosabati bilan dekret otpuskasiga chiqadigan ayollar ma’muriyatni kamida o`n to`rt oy avval ogohlantirishlari shart.
Afandi daryoda cho`milayotgan edi, to`r tashlayotgan baliqchilarni ko`rib qoldi. Afandi sho`ng`ib borib to`rga kirdi. Baliqchilar to`rga juda katta baliq ilindi degan xayolda to`rni tortib olishdi, qarashsa, Afandi iljayib o`tiribdi.
— Afandi, bizni laqillatib, to`rda nima qilib yuribsiz?— deyishdi baliqchilar.
— Juda ko`p yillardan beri baliq bo`lib, to`rga tushishni orzu qilib yurar edim, armonda ketmay dedim,— javob berdi Afandi.

Ba’zi qizlar go`zalmas. Ba’zi go`zallar qizmas...
Xotin eriga:
— Qanaqa odamsiz? Og`zingizdan sigaretni hidi sasib yurasiz bir hafta "Sigaret chekmayman, sigaret chekmayman" - deb yursangiz sigaretni tashab yaxshi er bo`lasiz, - desa.
Er:
— Xo`p bo`ladi, sen ham: "Internetga kirmayman, uy ishlarini qilaman" - deb yursang, ajab emas yaxshi xotin bo`lsang, - dermish