Latifa matni:
Afandi bozordan ho`kiz olib kelayotgan edi, yo`l-yo`lakay «Afandi, ho`kizni sotib oldingizmi, qancha bo`ldi?»—degan savollar yog`ilib ketdi. Afandi jonidan bezor bo`lib, arqonning bir uchini o`z bo`yniga bog`lab oldi, yana bir odam:
— Afandi, ho`kizni oldingizmi?— deb so`ragan edi, u:
— Yo`q, birodar, ho`kiz meni oldi, narhimni undan so`rang,— dedi.