Bo`limlar
Latifalar
Bir kuni Afandining choponini o`g`ri olib qochdi. Afandi o`g`rining orqasidan quvlamay to`g`ri qabristonga bordi-da, bir ochiq go`r ustida o`tirdi. Bu voqeadan xabardor bir odam Afandiga:
— Choponingizni olgan o`g`ri hu, u yoqqa qochdi, siz bu yerda nima qilib o`tiribsiz?—dedi.
— Qayoqqa qochmasin, baribir axir bir kun shu yerga keladi,— dedi Afandi.
— Choponingizni olgan o`g`ri hu, u yoqqa qochdi, siz bu yerda nima qilib o`tiribsiz?—dedi.
— Qayoqqa qochmasin, baribir axir bir kun shu yerga keladi,— dedi Afandi.
— Azizam, yana arazlab onangnikiga ketayapsanmi? Dugonangnikida bir kecha qolib ketganim uchun mandan hafa bo`ldingmi? Yigitchilikda bo`lib turadi-da endi... O`zing tushungan ayolsanku?
— Tushunaman, tushunaman. Man onamnikiga emas, bolta obkelishga ketyapman.
— Tushunaman, tushunaman. Man onamnikiga emas, bolta obkelishga ketyapman.
Oltin qoida: oltin kimniki bo`lsa, qoida ham o`shaniki.
Aytingchi eringiz qizlarni izidan gap otib yurishiga qanday qaraysiz?
— Itim ham mashinalarni orqasidan yuguradi, yetib olib, rulga o`tirib minib ketmaydi-yu.
— Itim ham mashinalarni orqasidan yuguradi, yetib olib, rulga o`tirib minib ketmaydi-yu.
Bosinqirab uyg`ongan erkakdan xotini so`radi:
— Nima balo, tushingizda ilon ko`rdingizmi?
— Yo`q, onangni ko`ribman.
— Nima balo, tushingizda ilon ko`rdingizmi?
— Yo`q, onangni ko`ribman.
Bir bemor Afandiga - hasrat qildi:
— O`zimni ikkita doktorga ko`rsatgan edim, ikkalasi ikki hil maslahat berdi, biri dengizga bor deydi, ikkinchisi piyoda yur deydi.
— Unda dengizga piyoda bora qoling,— dyedi Afandi.
— O`zimni ikkita doktorga ko`rsatgan edim, ikkalasi ikki hil maslahat berdi, biri dengizga bor deydi, ikkinchisi piyoda yur deydi.
— Unda dengizga piyoda bora qoling,— dyedi Afandi.
Afandi bir ashulachining ovozini hech yoqtirmas, u qayerda ashula aytsa, sekin turib ketar edi. Bir kuni Afandi ko`chada ketayotsa, o`sha ashulachi bir bola bilan kelayotgan ekan. Afandi so`radi:
— Bu bola kimingiz bo`ladi?
— O`g`lim,— dedi ashulachi.
Afandi peshonasiga urib dedi:
— Biz-ku, mayli edi-ya, endi bola-chaqalarimizning ham sho`ri qurir ekan-da!
— Bu bola kimingiz bo`ladi?
— O`g`lim,— dedi ashulachi.
Afandi peshonasiga urib dedi:
— Biz-ku, mayli edi-ya, endi bola-chaqalarimizning ham sho`ri qurir ekan-da!
Qassob qorong`u ko`chada ishdan qaytardi. Qayerdandir bezori paydo bo`ldi-da, yo`lini to`sdi.
— Pul bormi?
Qassob sekin sumkadan bolta chiqarib so`radi:
— Pulni nima qilasan?
Bezori bosh egib dedi:
— Maydalatmoqchi edim-da aka.
— Pul bormi?
Qassob sekin sumkadan bolta chiqarib so`radi:
— Pulni nima qilasan?
Bezori bosh egib dedi:
— Maydalatmoqchi edim-da aka.
Pashsha tutib olgan Madina oyisiga:
— Oyijon, mana bu pashshadan fil yasab bering.
— Nimalar deyapsan? Esing joyidami o`zi?
— Axir dadam sizga doim pashshadan fil yasaysan deydilar-ku.
— Oyijon, mana bu pashshadan fil yasab bering.
— Nimalar deyapsan? Esing joyidami o`zi?
— Axir dadam sizga doim pashshadan fil yasaysan deydilar-ku.
Tiqilinch avtobusda, bir rus qiz siltanib cholni tizzasiga o`tirib qolib...
— Ux ti, kakoy koshmar, - desa.
Chol:
— Qizim senga tekkan narsa koshmar emas, nosqovoq, - dermish.
— Ux ti, kakoy koshmar, - desa.
Chol:
— Qizim senga tekkan narsa koshmar emas, nosqovoq, - dermish.