Bo`limlar
Latifalar
Besh yashar Sarvar otasidan so`radi:
— Dadajon, menga maymun olib bering.
— Maymunni nima qilasan?
— Uni odam qilaman.
— Dadajon, menga maymun olib bering.
— Maymunni nima qilasan?
— Uni odam qilaman.
Avtobusga mast odam chiqdi. Konduktor yo`lkirani so`radi.
— Pulim yo`q.
— Aroqqa topilibdi-ku!
— Do`stim quyib berdi.
— Yo`lga bermadimi?
— Berdi, mana! - mast shunday deb qo`ynidan bitta aroq chiqarib ko`rsatdi.

Bir otaxon bog`da aylanib yurgan ekan. Yonidan bir chiroyli ketvorgan qiz o`tib kolibdi.
Shunda otaxon:
— To`xta qizim, bir quchoqlay 100 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Yo`qolingey, qanaqa bemaza cholsiz, - deb javob beribdi.
Otaxon esa:
— 500 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Jinnimisiz? - debdi.
Otaxon:
— 1000 dollar beraman, - debdi.
Qiz o`ylanib qolibdi-da:
— Unday bo`lsa mayli, - deb ruxsat beribdi.
Otaxon qizni quchoqlagan holda xo`rsinarmish.
Qiz:
— Bobo nega xo`rsinasiz, niyatingizga yetdingiz-ku?! - deb so`rabdi.
Shunda otaxon:
— Endi 1000 dollarni qayerdan topaman? - dermish

Nemis, yahudiy va rus ayollari bola tug`ibdi.
Tug`uruqxonada chaqaloqlar almashib qolibdi. Otalar buning chorasini ko`ra boshlashibdi.
Nemis:
— Hay Gitler! - desa, bir chaqaloq qaddini rostlabdi.
Shunda nemis:
— Bu meniki, - deb chiqib ketibdi.
Rus ota, bir bolani qo`liga olibdi.
Shunda yahudiy:
— Nimaga endi bu go`dak seniki bo`lsin?
— Nemis: "Hay Gitler" deganda, mening bolam mushtlarini tugdi, seniki esa ishtoniga o`tirib qo`ydi.

Maktabda e’lon: "Ota-onalar majlisi soat 3 da boshlanadi. Kirish bepul. Chiqish 5 ming so`m."
Bir Andijonlik okaxonimiza Angliyadan qo`lida bir chemadan pul bilan kelsa, bojxona xodimlari qiziqib so`rashibdi:
— Aka, o`zi Angliyaga 2 kunga borib kelgan bo`lsangiz, qayerdan shuncha pul ishladiz?
— Kartadan yutib oldim, - dermish
— Qanaqa qilib?
— Skverda ketayotsam, 2 ta Anglichan suvara o`ynab o`tirgan ekan. Keyin biri manda 21 desa, ikkinchisi yutqazdim deb pul beribdi.
Men hayron bo`lib:
— Nimaga bu kartasini ochmasayam, yutqazdim deb pul tutqazdingiz? - desam.
— Bizda djentelmenning so`zi qonun, - deb aytdi.
Buyog`i endi, okalar, ishanavering bo`lib ketdi.

Er xotiniga yalindi.
— 20000 so`m ber…
— Yo`q, bersam yana ichib qo`yasan.
Kechqurun xotin ishdan kelib qarasa, uyda g`ozlar yo`q.
— Xoy, er, g`ozlar qani?
Shirakayf er:
— G`ozlar janubga uchib ketishdi. Agar 20000 so`m bermasang, qo`ylar ham toqqa chiqib ketishadi.

Bir qiz ko`chada ketayotsa, o`g`ri qizni bir qo`lini kesib ketibdi. Militsiya xodimi kizdan:
— Nega bir qo`lizni kesib ketishdi?
Qiz:
— Qo`limda tilla uzuk va tilla braslet bor edida.
Militsiya:
— Nega baqirmadiz? Odamlarni yordamga chaqirmadiz?
Qiz:
— Bari tishlarim tillodan, boshimni olib ketishsa, o`laymi? - dermish.

Uchta kampir gaplashib o`tirishibdi.
Birinchi kampir:
— Yoshim 60 ga chiqdi, bittayam tishim tushmagan, tuf-tuf ko`z tegmasin, - debdi.
Ikkinchi kampir:
— Yoshim 65 ga chiqdi. Sochlarim huddi yoshligimdagiday qalin, qora. Tuf-tuf ko`z tegmasin, - debdi.
Uchinchi kampir:
— Maqtanishga boshqa narsa topolmadilarmi? To`g`ri yoshim silarnikidan ancha katta. 70 daman, tishlarim allaqachon to`kilib, sochlarim ham oqarib yotibdi. Lekin haliyam man qiz bolaman. Tuf-tuf ko`z tegmasin, - dermish.

4 ta boyvachcha do`stlar har kuni bitta restoranda bitta stolda ovqatlanar ekan. Har safar bitta ofitsiant xizmat qilarkan.
Ular har safar vilka, pichoqni berkitib qahvani to`kib yuborib, ofitsiantning ustidan kulisharkan.
Bir kuni ofitsiantni chaqirib:
— Bizni kechir, senga ko`p behurmatlik qildik. Sen bu qiliqlarimizga parvo ham qilmay xizmat qilding, -deyishibdi.
Ofitsiant:
— Bo`pti, endi men ham qahvaga tupurmayman, idishlarni unitazda chayqamayman, - debdi.