Latifa matni:
4 ta boyvachcha do`stlar har kuni bitta restoranda bitta stolda ovqatlanar ekan. Har safar bitta ofitsiant xizmat qilarkan.
Ular har safar vilka, pichoqni berkitib qahvani to`kib yuborib, ofitsiantning ustidan kulisharkan.
Bir kuni ofitsiantni chaqirib:
— Bizni kechir, senga ko`p behurmatlik qildik. Sen bu qiliqlarimizga parvo ham qilmay xizmat qilding, -deyishibdi.
Ofitsiant:
— Bo`pti, endi men ham qahvaga tupurmayman, idishlarni unitazda chayqamayman, - debdi.