Latifa matni:
Bir otaxon bog`da aylanib yurgan ekan. Yonidan bir chiroyli ketvorgan qiz o`tib kolibdi.
Shunda otaxon:
— To`xta qizim, bir quchoqlay 100 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Yo`qolingey, qanaqa bemaza cholsiz, - deb javob beribdi.
Otaxon esa:
— 500 dollar beraman, - debdi.
Qiz:
— Jinnimisiz? - debdi.
Otaxon:
— 1000 dollar beraman, - debdi.
Qiz o`ylanib qolibdi-da:
— Unday bo`lsa mayli, - deb ruxsat beribdi.
Otaxon qizni quchoqlagan holda xo`rsinarmish.
Qiz:
— Bobo nega xo`rsinasiz, niyatingizga yetdingiz-ku?! - deb so`rabdi.
Shunda otaxon:
— Endi 1000 dollarni qayerdan topaman? - dermish