Latifa matni:
Bir Andijonlik okaxonimiza Angliyadan qo`lida bir chemadan pul bilan kelsa, bojxona xodimlari qiziqib so`rashibdi:
— Aka, o`zi Angliyaga 2 kunga borib kelgan bo`lsangiz, qayerdan shuncha pul ishladiz?
— Kartadan yutib oldim, - dermish
— Qanaqa qilib?
— Skverda ketayotsam, 2 ta Anglichan suvara o`ynab o`tirgan ekan. Keyin biri manda 21 desa, ikkinchisi yutqazdim deb pul beribdi.
Men hayron bo`lib:
— Nimaga bu kartasini ochmasayam, yutqazdim deb pul tutqazdingiz? - desam.
— Bizda djentelmenning so`zi qonun, - deb aytdi.
Buyog`i endi, okalar, ishanavering bo`lib ketdi.