Latifa matni:
Uyga qaytgan er oshxonada idish yuvayotgan xotiniga qarab:
— Bu uyda kim xo`jayin?, - deb baqiribdi.
Qo`lidagi tova bilan erini boshiga urib: — siz-da adasi, - debdi xotini.
Shu payt qo`shni ayol kirib kelib qarasa, er burchakda hushsiz yotganmish.
— Voy, eringiz nega bu yerda yotibdi?!, - desa,
— Uyning xo`jayini qayerda xohlasa, o`sha yerda yotaveradi, - debdi xotini.