Latifa matni:
Chiroyli bir ofitsiant qiz restoranda xo`randaga xizmat ko`rsatmoqda. Ovqatlanib bo`lgach, u hisobni keltiribdi.
Xo`randa pulni to`lagach, qizga gap otibdi:
— Siz uchun doim eshitish yoqimli bo`lgan uch so`z bor. To`g`rimi?
— Ha, shunday.
— Xohlasangiz, men bu so`zlarni topaman.
— Mayli, harakat qilib ko`ring.
— Men sizni sevaman.
— Topolmadingiz! Bu so`z - "Qaytimi kerak emas» edi.