Bo`limlar
Latifalar
Sevgan yigitim kofe bankasiga "Hammasi tugadi! Sizni tashlab ketdim", deb yozib qo`yibdi. Shoshib bankani ochsam, kofe to`la turibdi. Voy yaramas hazilkashey!
Bir ayol jon berayotgan ekan. Eridan so`rabdi:
— Menga xiyonat qilganmisiz?
— Bu nima deganing?! Albatta yo`q! - debdi eri. Shunda xotini:
— To`g`risini aytavering, xiyonat qilganmisiz? Baribir umrim tugayapti, - desa, eri:
— Mabodo o`lmay qolsang-chi!? - dermish.

Bugun dahshatli tush ko`ribman. Tushimda ishga kech qolayotgan ekanman...
Voy! (Uyg`onib ketib...) Iye, ishxonada ekanman-ku... Ko`rgan tushim qurib ketsin...!

Bir ayol tiqilinchda hamyonini tushirib qo`yibdi. Birozdan keyin yoshgina bola ayolni hamyonini qaytarib beribdi. Ayol hamyonini ochib ko`rib bolaga:
— Meni hamyonimda ikkita besh mingtalik bor edi. Bu yerda o`nta ming so`mlik turibdi-ku?! - desa, bolakay:
— Bilasizmi, oldin ham bittasini hamyonini topib bergandim. U menga minnatdorchilik bildirish uchun mayda topa olmagandi. Shunga pullaringizni maydalab qo`ydim, - dermish.

Bu olamda hech kim seni aeroportda taksichi kutganchalik, intizorlik bilan kutmaydi!
Bir kishi mashinasini haydab ketayotsa yo`l chetida to`rtta yigit bitta odamni urayotgan ekan:
— Nima qilyapsanlar to`rttalang bitta odamni urib? - so`rabdi haydovchi to`xtab.
— Chorrahada buzilgan kameralarni tuzatadigan ustani ushlab oldik, - debdi yigitlar.
Shunda haligi odam:
— Qo`l bilan urishni nima xojati bor?! Oyoq bilan tepa qolinglar? - dermish.

Qizi maktabdan kelib dadasiga debdi:
— Biz bugun 2x2ni o`rgandik.
Dadasi:
— Xo`sh nechi bo`lar ekan?
— To`rt bo`ladi.
Dadasi qiziga to`rtta konfet bersa, qizi dermish:
— Voy, bilganimda 20 derdim...

Oylik maoshini olgan ishchi kassirga qarab debdi:
— Siz menga adashib, 50 ming kam berdingiz!
Kassir:
— O`tgan safar sizga 50 ming ko`p berib yuborgan ekanman. Nega o`shanda adashganimni aytmadingiz? - desa, ishchi dermish:
— Bir martta adashsangiz mayli, kechirdim. Ikkinchisiga qarab tura olmayman-ku!!!

Bir ayol qo`rqinchli tush ko`ribdi. Tushida uni odamxo`rlar quvlab kelayotgan ekan. Odamxo`rlar ayolga yaqinlashib qolganida ayol yerdan katta toshni olmoqchi bo`libdi-yu, ko`tara olmabdi. Yana qattiqroq, ikki qo`llab, bor kuchi bilan yerdan tora boshlabdi toshni...
Shu payt ayol uyg`onib ketibdi. Qarasa, uyida, yotog`ida uxlab yotganmish. Eri esa ayoliga qarab:
— Nima bo`ldi? - deb so`rabdi.
Ayol tushini gapirib beribdi. Shunda eri:
— Xo`p mayli, uyg`onding! Endi qulog`imni tortmasdan, qo`yib yuborarsan-a...?! - dermish.

— Allo, bu jinnixonami?
— Yo`q, xonadon! Lekin xohlasangiz, xotinimni chaqirishim mumkin...