Bir ayol qo`rqinchli
Latifa matni:
Bir ayol qo`rqinchli tush ko`ribdi. Tushida uni odamxo`rlar quvlab kelayotgan ekan. Odamxo`rlar ayolga yaqinlashib qolganida ayol yerdan katta toshni olmoqchi bo`libdi-yu, ko`tara olmabdi. Yana qattiqroq, ikki qo`llab, bor kuchi bilan yerdan tora boshlabdi toshni...
Shu payt ayol uyg`onib ketibdi. Qarasa, uyida, yotog`ida uxlab yotganmish. Eri esa ayoliga qarab:
— Nima bo`ldi? - deb so`rabdi.
Ayol tushini gapirib beribdi. Shunda eri:
— Xo`p mayli, uyg`onding! Endi qulog`imni tortmasdan, qo`yib yuborarsan-a...?! - dermish.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir ayol qo`rqinchli tush ko`ribdi. Tushida uni odamxo`rlar quvlab kelayotgan ekan. Odamxo`rlar ayolga yaqinlashib qolganida ayol yerdan katta toshni olmoqchi bo`libdi-yu, ko`tara olmabdi. Yana qattiqroq, ikki qo`llab, bor kuchi bilan yerdan tora boshlabdi toshni...