Latifa matni:
Bir ayol jon berayotgan ekan. Eridan so`rabdi:
— Menga xiyonat qilganmisiz?
— Bu nima deganing?! Albatta yo`q! - debdi eri. Shunda xotini:
— To`g`risini aytavering, xiyonat qilganmisiz? Baribir umrim tugayapti, - desa, eri:
— Mabodo o`lmay qolsang-chi!? - dermish.