Latifa matni:
Bir ayol tiqilinchda hamyonini tushirib qo`yibdi. Birozdan keyin yoshgina bola ayolni hamyonini qaytarib beribdi. Ayol hamyonini ochib ko`rib bolaga:
— Meni hamyonimda ikkita besh mingtalik bor edi. Bu yerda o`nta ming so`mlik turibdi-ku?! - desa, bolakay:
— Bilasizmi, oldin ham bittasini hamyonini topib bergandim. U menga minnatdorchilik bildirish uchun mayda topa olmagandi. Shunga pullaringizni maydalab qo`ydim, - dermish.