Bo`limlar
Latifalar
Xitoyliklar suratga tushgani suratxonaga kelishibdi. Suratkash hammasini bir chetdan rasmga ola turib, — Hammangizni yuzingiz bir xil-ku? Bittangizni rasmingizni chiqarib beraveraman-da?!, - deb ayyorlik qilibdi. Xitoyliklardan biri, — Buni meni suratim emas!, - debdi.
Suratkash:
— Yuzingiz shumi?, - desa,
Xitoy:
— Ha, lekin ko`ylak boshqa-ku", - dermish.

Bir talaba yigit avtobusda saqich chaynab ketayotib, o`zi bilmagan holda bir kampirga tikilib qolibdi. Kampir esa:
— Bolam, bu gaplarni menga bekorga aytyapsan men baribir eshitmayman, - debdi.

— Qachon oylik berisharkin?
— Hisobchimiz qaytganidan keyin.
— Nima, u kasalmi?
— Yo`q, qidiruvda!
— Hisobchimiz qaytganidan keyin.
— Nima, u kasalmi?
— Yo`q, qidiruvda!
Bir bolakay tug`ilgan kuniga masharaboz kelishini juda xohlarkan. Buvisi bu yili albatta masharaboz chaqirishga va’da beribdi. Tug`ilgan kuni ham yetib kelibdi. Lekin masharaboz yo`q emish. Buvisi nima qilishini bilmasdan tursa, eshik qo`ng`irog`i chalinibdi. Ochib qarasa, ikkita daydi tentaklar turganmish.
— Uyingizda bizbop ish yo`q-mi? Biroz pul ishlab olmoqchi edik, - deyishibdi. Ayol ularga bog`dagi ishlarni qilishni buyuribdi.
Nabirasi esa masharabozni hanuzgacha kutib o`tirarkan. Ayol bir payt qarasa, boyagi daydilarning biri goh daraxtga chiqib sakrar, goh u yoqdan, bu yoqqa yugurar, ba’zan har xil kulgili harakatlar qilarkan. Ayol masharaboz topilganidan xursand bo`lib ketibdi. Sakrab yurgan kishini yonidagi sherigini sekin chaqirib:
— Kechirasiz. Anavi do`stingiz bir soatga masharaboz bo`lib turmaydimi? Yaxshi haq to`layman!, - debdi.
Haligi odam do`stiga qarab:
— Hoy, mo`maygina pulga ikkinchi barmog`ingni ham bahridan o`tasanmi?, - dermish.

To`qqizinchi sinfgacha aroq bilan pivoni aralashtirganlar, sal keyinroq beton aralashtirib yuradilar.
Uchrashuvga chiqqan yoshlar suhbatlashmoqda:
— Qayerda ishlaysiz?, - so`rabdi qiz.
— Yoqilg`i quyish shahobchasida, - javob beribdi yigit.
— Qo`lingizdan yana biror nima keladimi?
— Ha. Benzinning hidi keladi.

DAN xodimi bir avtomobilni to`xtatib, yukxonasini ochib qarasa, ichida o`nta pichoq turgan ekan. Haydovchiga qarab:
— Shuncha sovuq qurolni nima qilasiz?, - debdi.
Haydovchi:
— Men sirkda ishlayman, - deb pichoqlarni olibdi-da, janglyorlik qila boshlabdi.
Ko`chadagi boshqa mashinada o`tib ketayotgan haydovchilardan biri yonidagi xotiniga qarab, qo`rquv bilan:
— Qara xotin, yaxshi-yam ichishni tashlaganim. DAN xodimlarida yangi test chiqibdi, - dermish.

Ikki talaba turmush quribdi. To`yda kelin hech narsa yemay o`tirsa, bir mehmon so`rabdi:
— Nega bu kelin hech narsa yemaydi-yam, ichmaydi-yam?
O`tirganlardan biri:
— Chunki u pul qo`shmadi-da!

Bir boy odam xotiniga qo`ng`iroq qilib:
— Azizam, gaplarimni eshit! Meni biznesim tamom bo`ldi, inqirozga uchradi. Endi meni hech narsam yo`q!
Eri ishdan qaytib kelsa, uyda xotini yo`q emish. Hamma narsalarini yig`ishtirib, ketib qolibdi.
Eri bo`lsa:
— Ey, jin ursin bunday ahmoqni. Hazilni-yam tushunmaydi o`zi bu!, - dermish kulib.

Ahmad, Shuhrat va Shavkat degan bezori yigitlar yarim tungacha ichib o`tirib, mast holatda uxlab qolishibdi. Uchchalasi ham bir xil tush ko`rishibdi. Tushida farishta qabuliga navbatda turishgan ekan. Birinchi bo`lib Ahmadga kiribdi:
— Mana bu qalin kitobga seni gunohlaring yozilgan. Shu kitob bilan boshingga uraman. Yiqilsang, do`zzaxga tushasan, - debdi farishta Ahmadga.
Ichkaridan “gurs” etgan tovush eshitilibdi. Birozdan keyin Ahmad emaklab, zo`rg`a chiqib kelibdi.
Ikkinchi bo`lib Shuhrat kiribdi. Ichkaridan yana “gurs” etgan ovoz kelib, Shuhrat ham emaklab chiqib kelibdi.
Oxirgi bo`lib Shavkat kirib ketibdi. Anchagacha hech qanday ovoz eshitilmabdi. Bir vaqt ichkaridan Shavkat kulib chiqibdi.
— Nima, seni urmadimi? – deyishsa,
— Yo`q, kitobni og`irligidan ko`tara olmadi, - dermish.