Bo`limlar
Latifalar
Bir kishi har kuni barga kirib, cho`ntagidan bir siqim tanga chiqarar ekan-da, — Pivo quy! Qaytimi kerak emas, - deb tangalarni sochib yuborarkan.
Bir gal yana shunaqa qilgan ekan, sotuvchi yerdagi hamma tangalarni yig`ib:
— Qaytimi menga ham kerak emas, - deb uzoqroqqa sochib yuboribdi.
Haligi odam tangalar yotgan joyga borib, bir dona tangani cho`ntagidan olib, yerga tashlabdi-da:
— Unda yana bitta pivo quy!, - dermish.

Bir odam ichib olib, mast holda zo`rg`a sudralib uyiga kirib kelsa, xotini qo`lida supurgi, jahl bilan kutib olibdi. Er xotiniga qarab:
— Iltimos xotinjon, uchib ketma! Boshqa ichmayman!, - debdi.

Qamoqxona boshlig`i elektr stulda o`tirgan jinoyatchiga qarab:
— So`nggi tilagingni ayt! Amalga oshiraman!, - debdi.
Jinoyatchi ko`p o`ylab o`tirmay:
— Iltimos, qo`llaringizni ushlab turay. Shunda qo`rqmayman!, - dermish.

Xotin huddi DAN xodimiga o`xshaydi. Bosh og`ritib gapiradi, pulingni oladi, kayfiyatingni buzadi... Eng yomoni — baribir ayb topadi!
GAI xodimlari voqea joyini ko`zdan kechirib, bayonnoma yozishmokda.
Mayor:
— Yo`l kengligi - 6 metr, o`ng tarafda chuqur ariq bor. Oq rangli Matiz 30-35 yoshlar chamasi erkak kishini urib yuborgan. Mashina daraxtga oldi bilan urilgan.
Serjant:
— Yozdim.
Mayor:
— O`sha erkak kishining tanasi boshsiz holda ariq ichida. Kallasi esa asfalt chetida.
Serjant:
— O`rtoq serjant. "Aspalt" deb yoziladimi? yoki "Asfalt" dyebmi?
Mayor biroz o`ylanib, kallani bir tepib ariqqa tushirib yuboribdi-da, — Mayli kallani ham ariq ichida deb yozaqol, - debdi.

Er xotiniga dedi:
— Arzanda o`g`ling yana hamyonimdan pullarimni o`maribdi!
— Nega endi u bo`larkan? Balki men olgandirman ...
— Yo`q, sen emas! Hamyonimda pullarimni yarmi qolib ketibdi.

Bir kuni GAI xodimi haydovchiga:
— Qani, "Kuf" deng-chi, - debdi.
Haydovchi darhol tekshiruvchini cho`ntagiga yuz mingni solib qo`yibdi.
Pulni olib, yana "Kuf" deyishini talab qilibdi. Shunda haydovchi yana ellik ming beribdi. GAI xodimi esa:
— Yo`q! Birinchi galdagidek "kuflang", - dermish.

Uchta yosh qiz vokzalda yurib ketayotgan poyezd ortidan "hay-hay"lab yugurib borishayotgan ekan. Bir payt ikkitasi poyezdga yetib, chiqib olibdi. Poyezd jo`nab ketibdi. Uchinchi qiz esa qo`lidagi yuklari bilan ularning ortidan xandon otib kula boshlabdi. Vokzal navbatchisi:
— Nega kulyapsiz?, - desa, qiz:
— Anavi poyezdga chiqib ketgan dugonalarim aslida meni kuzatgani chiqishgan edi, - debdi.

Uchta inoq do`stlar dam olishga Turkiyaga borishibdi. Mehmonxonani 45-etajiga joylashib olishibdi. Tushlikni birinchi qavatda yeb bo`lgach, xonalariga chiqmoqchi bo`lib qarashsa, lift ishlamayotgan ekan. Zinada chiqishdan boshqa ilojlari qolmagach, chalg`ish uchun har biri navbatma-navbat latifa aytib chiqishga kelishibdi.
Birinchisi o`n beshinchi qavatgacha latifa aytib, o`rtoqlarini kuldirib chiqibdi. Keyin ikkinchisi o`ttizinchi qavatgacha kuldiribdi. Navbat uchinchisiga kelgan ekan, u do`stlariga qarab:
— Hozir bir narsa aytaman, kulaverib, ichagingiz uziladi, - debdi. Do`stlari qiziqib, — Nima ekan? Ayt-chi, - deyishsa:
— Xonamizni kaliti birinchi qavatda qolib ketibdi, - debdi.

Er xotiniga qarab:
— Nega yangi paketchali choy sotib olding?, - debdi.
— Axir eskisini ipi chirib, uzilib ketdi, - debdi xotini.
— Boshqa ip bog`lab qo`ysang bo`lardi-ku, - dermish xotini.