Latifa matni:
DAN xodimi bir avtomobilni to`xtatib, yukxonasini ochib qarasa, ichida o`nta pichoq turgan ekan. Haydovchiga qarab:
— Shuncha sovuq qurolni nima qilasiz?, - debdi.
Haydovchi:
— Men sirkda ishlayman, - deb pichoqlarni olibdi-da, janglyorlik qila boshlabdi.
Ko`chadagi boshqa mashinada o`tib ketayotgan haydovchilardan biri yonidagi xotiniga qarab, qo`rquv bilan:
— Qara xotin, yaxshi-yam ichishni tashlaganim. DAN xodimlarida yangi test chiqibdi, - dermish.