Bir bolakay tug`ilgan
Latifa matni:
Bir bolakay tug`ilgan kuniga masharaboz kelishini juda xohlarkan. Buvisi bu yili albatta masharaboz chaqirishga va’da beribdi. Tug`ilgan kuni ham yetib kelibdi. Lekin masharaboz yo`q emish. Buvisi nima qilishini bilmasdan tursa, eshik qo`ng`irog`i chalinibdi. Ochib qarasa, ikkita daydi tentaklar turganmish.
— Uyingizda bizbop ish yo`q-mi? Biroz pul ishlab olmoqchi edik, - deyishibdi. Ayol ularga bog`dagi ishlarni qilishni buyuribdi.
Nabirasi esa masharabozni hanuzgacha kutib o`tirarkan. Ayol bir payt qarasa, boyagi daydilarning biri goh daraxtga chiqib sakrar, goh u yoqdan, bu yoqqa yugurar, ba’zan har xil kulgili harakatlar qilarkan. Ayol masharaboz topilganidan xursand bo`lib ketibdi. Sakrab yurgan kishini yonidagi sherigini sekin chaqirib:
— Kechirasiz. Anavi do`stingiz bir soatga masharaboz bo`lib turmaydimi? Yaxshi haq to`layman!, - debdi.
Haligi odam do`stiga qarab:
— Hoy, mo`maygina pulga ikkinchi barmog`ingni ham bahridan o`tasanmi?, - dermish.