Latifa matni:
Bir yigit shifokor oldiga kelibdi. Shifokor:
— Xo`sh, shikoyatingiz?
— Hech nima...
— Biror joyingiz og`riyaptimi?
— Yo`q!
— Unda nima maqsadda keldingiz?
— Shunchaki o`zim...
— Tushunishimcha sog`lig`ingiz to`g`risida bilmoqchisiz?
— Yo`g`e-e-e! Ertalab televizorni qo`ysam, profilaktika deb yozilgan ekan, shunga aylanib kelgandim...