Latifa matni:
Teatrda katta premera ketyapti. Sahnada aktyorlar rol ijro etishyapti. To`satdan tomoshabinlar orasida mast odamning ovozi:
— Zalda vrach bormi? Bormi vrach orangizda?
Hamma o`rnidan turib, zalda vahimali shovqin boshlanib ketibdi. Aktyorlar ham to`xtab qolishibdi.
Shu payt oldingi qatordan bir odam:
— Ha, men vrachman. Nima gap? - desa, shirakayf ovozda haligi mast kishi:
— Zo`r spektakl ekan-a, hamkasb!? - dermish.