Ichak uzdi
Bir kishi ishga kirmoqchi bo`lib, suhbatga boribdi:
— Nechta tilni bilasiz?
— Uchta.
— Qaysilar?
— O`zbekcha, ruscha va inglizcha.
— Ingliz tilida biror so`z ayting-chi.
— Guten Tag!
— Axir bu nemischa-ku.
— Demak, men to`rtta tilni bilar ekanman.
— Nechta tilni bilasiz?
— Uchta.
— Qaysilar?
— O`zbekcha, ruscha va inglizcha.
— Ingliz tilida biror so`z ayting-chi.
— Guten Tag!
— Axir bu nemischa-ku.
— Demak, men to`rtta tilni bilar ekanman.
Ikki yigit ko`chada "ketvorgan" bir qizni uchratib gap "otishibdi":
— Yaxshi qiz, go`zallik salonidan kelyapsizmi?
— Ha.
— Salon yopiq ekanmi?!
— Yaxshi qiz, go`zallik salonidan kelyapsizmi?
— Ha.
— Salon yopiq ekanmi?!
Restoranda ofitsiantga mijoz:
— Dollar olaverasizlarmi?
— Ha.
— Plastik karta bilan ham hisoblashsak bo`ladimi?
— Ha.
— Shisha Butilka bilan-chi?
— Dollar olaverasizlarmi?
— Ha.
— Plastik karta bilan ham hisoblashsak bo`ladimi?
— Ha.
— Shisha Butilka bilan-chi?
Ikkita do`st djungli o`rmonlarida sayr qilib yurishsa, oldidan yo`lbars chiqib qolibdi. Birinchi yigit yerdan qum olib yo`lbarsning ko`ziga sepib yuboribdi-da, tezlik bilan daraxtga sakrab chiqib olibdi. Tepada turib do`stiga:
— Chiq tezroq daraxtga, - desa,
Pastda turgan yigit:
— Nega? Axir yo`lbarsni ko`ziga qumni men sepmadim-ku, - dermish.
— Chiq tezroq daraxtga, - desa,
Pastda turgan yigit:
— Nega? Axir yo`lbarsni ko`ziga qumni men sepmadim-ku, - dermish.
Uxlagani yotishdan avval cho`ntagimda 550 ming pulim bor edi. Ertalab uyg`onib qarasam, 150 ming qolibdi.
Bugun uxlamayman!
Bugun uxlamayman!
— Qizim, senga juda ko`p joydan sovchilar kelishdi. Endi turmushga chiqmasang bo`lmaydi, - debdi otasi.
Qizi adasiga:
— Turmushga chiqgim kelmaydi. Chunki onamni sog`inaman, - desa
— Onangni ham o`zing bilan olib ketishing mumkin, - degan ekan otasi.
Qizi adasiga:
— Turmushga chiqgim kelmaydi. Chunki onamni sog`inaman, - desa
— Onangni ham o`zing bilan olib ketishing mumkin, - degan ekan otasi.
Ikkita korxonaning rahbarlari gaplashib o`tirishgan ekan.
— Men ishchilarimga ikki oydan beri maosh bermasam ham ishga kelaverishadi, - debdi birinchisi.
— Men esa uch oydan beri ishchilarimga umuman oylik bermayapman. Baribir hammasi kelaveradi. Endi ishga kelishni ham pullik qilib qo`ymoqchiman, - dermish ikkinchisi.

Bir dehkon sabzi ekib, hosilini sotib yurarkan. Lekin hecham tug`ilib o`sgan qishlog`iga bormasakan. Chunki uning qishlog`ida hamma bir-biriga laqab qo`yarkan. Bir kuni dehqon hamqishloq tanishini ko`rib qolibdi.
— Nega qishloqqa bormaysan?, - debdi tanishi.
— Chunki menga ham laqab qo`yishadi, - debdi dehqon.
Shunda hamqishlog`i:
— Seni laqabing allaqachon "quyon" bo`pketgan, - dermish.
— Nega qishloqqa bormaysan?, - debdi tanishi.
— Chunki menga ham laqab qo`yishadi, - debdi dehqon.
Shunda hamqishlog`i:
— Seni laqabing allaqachon "quyon" bo`pketgan, - dermish.
Ikkita dugona suhbatlashmoqda:
— Yangilik bor.
— Qanaqa yangilik? Turmushga chiqyapsanmi?
— Yo`g`-ye. Hali yoshman-ku.
— Unda nima yangilik? Gapir!
— Men homiladorman!
— Yangilik bor.
— Qanaqa yangilik? Turmushga chiqyapsanmi?
— Yo`g`-ye. Hali yoshman-ku.
— Unda nima yangilik? Gapir!
— Men homiladorman!
Bir yigit sochini kaltalatgani sartaroshga boribdi. Sartarosh yigitga savol beraveribdi:
— Uylanganmisiz?
— Ha.
— Xotiningiz nima ish qiladi?
— Ayol kishi qiladigan ishlar, shular bilan band.
— Xotiningizga ichib uyga borganingiz yoqadimi?
— Qaysi ayolga ichgan erkak yoqadi?
— Xotiningiz.....
— Aka jonga tegdingiz. Tushunaman, sartaroshlar mijozi bilan gaplashib ishlashadi. Lekin nimaga sizni xotinim qiziqtirib qoldi? Har gapingizda xotinimni so`raysiz. Nima xotinim bilan orangizda biror gap bormi?
— Hafa bo`lma ukam. Har gal xotiningni so`rasam soching tikka bo`lyapti. Sochingni osonroq olyapman-da.