Latifa matni:
Bir dehkon sabzi ekib, hosilini sotib yurarkan. Lekin hecham tug`ilib o`sgan qishlog`iga bormasakan. Chunki uning qishlog`ida hamma bir-biriga laqab qo`yarkan. Bir kuni dehqon hamqishloq tanishini ko`rib qolibdi.
— Nega qishloqqa bormaysan?, - debdi tanishi.
— Chunki menga ham laqab qo`yishadi, - debdi dehqon.
Shunda hamqishlog`i:
— Seni laqabing allaqachon "quyon" bo`pketgan, - dermish.