Latifa matni:
Bir kishi ishga kirmoqchi bo`lib, suhbatga boribdi:
— Nechta tilni bilasiz?
— Uchta.
— Qaysilar?
— O`zbekcha, ruscha va inglizcha.
— Ingliz tilida biror so`z ayting-chi.
— Guten Tag!
— Axir bu nemischa-ku.
— Demak, men to`rtta tilni bilar ekanman.